2021 yildan beri Özbekistonda 30 iyul sanasi “Xalqlar döstligi kuni” sifatida keng nişonlab kelinadi. Rasmiylarga köra, barça millatlarning birligi, qardoşligi, özaro yordam va xilma-xil madaniy merosga hurmatni ta’minlaş uçun ham bunday bayramni nişonlaş muhim.

Bugungi kunda Özbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya vakillari tinç-totuvlikda yaşab kelmoqda. 29 iyul kuni milliy madaniy markazlarning yangi paviloni oçilarkan, unda sözga çiqqan hukumatning yuqori martabali vakillariga köra, Özbekistonda milliy ozçiliklar huquqlari degan muammo bölmagan, bölmaydi ham. Respublikada har bir millat vakilining huquqi teng.

Pavilonda har bir millat öz madaniyati va urf-odatlari, milliyligini aks ettirişga harakat qilgan.

Oçiliş marosimida sözga çiqqan koreys milliy madaniy markazi rahbari Pak Viktorga köra, 1930 yilgi katta köçirişdan keyin koreyslarni öz bağriga olgan özbek xalqidan bugun hamma minnatdor.

Pavilonning yaralişi haqida söz borarkan, taşkilotçilarga köra, bu obekt millatlararo totuvlik, umummilliy hamjihatlik borasida Özbekistonning siyosatini ifodalaydi, özaro madaniy almaşinuv maydoni vazifasini ham bajarişi kerak.