Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan T.R. Rossiya armiyasiga yollangani uçun jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, T.R. 2021 yil may oyida işlaş maqsadida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga borgan. 2024 yil yanvar oyida Rossiya Federatsiyasida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan T.R. uşbu davlatda böliş qoidalarini buzgani aniqlangan.

T.R. öziga nisbatan qonuniy çora körilmasligi uçun unga bildirilgan taklif – Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda iştirok etişga rozi bölgan va Rossiya armiyasiga yollangan. U doimiy joylaşuv manzili Leningrad oblatining Viborg rayoni, Kamenka posyolkasida bölgan harbiy qismda xizmat qilib, frontda Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda faol iştirok etgan. Ya’ni front çiziği yaqinida harbiy istehkomlar (blindaj) quriş işlariga jalb qilingan.

T.R. 2025 yil 10 yanvar kuni «Ğiştköprik» çegara nazorat-ötkaziş punkti orqali Özbekistonga qaytib kelgan.

T.R. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan va jazoga tortilmaslik uçun bu taklifga rozi bölganini aytgan.

“2010 yildan hozirga qadar Rossiyaga borib, quriliş işlarida işlab kelaman. 2021 yil 1 may kuni Samarqand xalqaro aeroporti orqali Moskvaga, söngra u yerdan taksida Sankt-Peterburg şahriga bordim. Mahalliy aholining xonadonlari va daçalarida quriliş işlarida işlab yurdim. 2024 yil 22 yanvar kuni Gadçina tumanidagi rus oilasiga tegişli xonadonlarning birida işlayotganimda 2 nafar militsiya xodimi kelib, meni söroq qilişdi. Rossiyada böliş guvohnomamning amal qiliş muddati ötgani sababli militsiya bölimiga olib borib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirişdi. 2024 yil 22 mart kuniga qadar uşbu hibsxonada saqlandim.

Jazoni ötaşim davomida militsiya xodimlari men bilan bir neça marta suhbat ötkazişdi. Menga katta miqdorda maoş evaziga Rossiya qurolli kuçlariga harbiy xizmatga kirib, Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda iştirok etişni, buning evaziga Rossiya fuqaroligini berişni taklif qilişdi. Majburlikdan uşbu taklifga rozi böldim.

Bir yillik harbiy xizmat şartnomasiga imzo çekdim. Şundan söng, meni Leningrad viloyati Viborg tumani Kamenka posyolkasida joylaşgan harbiy qismga olib ketişdi”, degan suddagi körsatmasida T.R.

Şuningdek, u ularni harbiy qismdan 2-3 km uzoqlikdagi örmonga olib borişgani, u yerda vaqtinçalik yerosti himoya istehkomlarini qurişganini bildirgan. Soğligidagi muammo tufayli Sankt-Peterburg şahriga harbiy poliklinikaga olib borilgani, söngra Özbekistonga qaytganini aytgan.