Ukraina bilan muzokaralardagi Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiyning ta’kidlaşiça, Rossiyaning Ukraina bilan Istanbulda töğridan töğri muzokaralar ötkazişdagi vazifasi ertami-keçmi «mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etiş orqali uzoq muddatli tinçlikka» erişişdir. 15 may, payşanba kuni Istanbulda matbuotga bergan bayonotida Medinskiy Rossiya delegatsiyasi «konstruktiv yondaşuv, ehtimoliy yeçimlar va aloqa nuqtalarini topiş tarafdori» ekanini ta’kidladi.
Uning ta’kidlaşiça, Rossiya delegatsiyasi Istanbuldagi joriy muzokaralarni «2022 yilda töxtatilgan tinçlik jarayonining davomi» deb hisoblaydi. «Biz bu muzokaralarni Istanbuldagi tinçlik jarayonining davomi deb bilamiz, afsuski, uç yil avval Ukraina tomoni uni töxtatib qöygan. Bizning rasmiy delegatsiyamiz prezident farmoni bilan tasdiqlangan va u muzokaralar olib boriş uçun barça zarur vakolatlarga ega», — dedi Medinskiy.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mudofaa vaziri Rustem Umerov boşçiligidagi delegatsiyani muzokaralar uçun Istanbulga yubordi. Avvalroq u Turkiyaga taşrif buyurgan delegatsiya tarkibiga Ukraina Taşqi işlar vazirligi rahbari Andrey Sibiga, Prezident devoni rahbari Andrey Yermak, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Andrey Gnatov, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasil Malyuk va barça razvedka idoralari vakillari ham kiritilgani haqida xabar bergan edi.
Zelenskiyning sözlariga köra, Istanbuldagi muzokaralarning asosiy maqsadi öt oçişni töxtatiş bölib, Ukraina delegatsiyasi buni muhokama qiliş mandatiga ega. Muzokaraçilar guruhi 16 may kuni Turkiyada böladi hamda AQŞ vakillari bilan ham uçraşadi, deya qöşimça qildi u.










