Rossiya Istanbulda Ukraina bilan muzokaralar jarayonini tiklaşga — ehtimoliy «murosalarga» va ularni muhokama qilişga tayyor. Bu haqda Rossiya delegatsiyasi rahbari, RF prezidentining yordamçisi Vladimir Medinskiy ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, RF delegatsiyasi muzokaralar oldidan «işçi kayfiyati»ni saqlab qolmoqda. Medinskiy Moskvadan kelgan delegatsiya tarkibidan manfaatdor barça idoralar vakillari va rahbariy tarkib örin olganini qöşimça qildi.
Muzokaralar qaçon boşlanişi töğrisidagi savolga Medinskiy javob qaytarişdan tiyilgan.
Rossiya delegatsiyasi Istanbulga 15 may kuni ertalab yetib keldi. Volodimir Zelenskiy boşçiligidagi Ukraina vakillari hozirça Anqarada. Oldinroq u yerda Ukraina va Turkiya prezidentlarining muzokaralari bölib ötdi.
Anqarada ötkazilgan matbuot anjumani doirasida Zelenskiy Istanbuldagi Rossiya—Ukraina muzokaralariga mudofaa vaziri Rustem Umerovni jönatişga qaror qilgani aytdi.
U Rossiya delegatsiyasining darajasi pastligini ta’kidladi, biroq «prezidentlar Tramp va Erdöğanga hurmat yuzasidan» ukrainalik amaldorlarni muzokaralarga yuborayotganini ma’lum qildi.
Zelenskiyning sözlariga köra, RF prezidenti Vladimir Putin muzokaralarga kelmagani bois Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari va UQK Boş ştabi boşliğiga Istanbulda «qiladigan iş yöq». Şuningdek, u Istanbuldagi muzokaralarning asosiy maqsadi — öt oçişni töxtatiş ekanini qöşimça qildi.










