Farğona viloyati böyiça Milliy gvardiya boşqarmasi Qöqon şahrida joylaşgan korxonada sodir bölgan holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qöqon şahridagi Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals korxonasi ma’muriyatining bergan ma’luotlariga köra, suyuq ammiak moddasini vagondan maxsus idişga ötkazilayotgan vaqtda şlangda yoriliş hosil bölib, taxminan 10 foiz ammiak zavod hududiga sizib çiqqan.
Şu munosabat bilan voqea joyiga Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari, IIB, FVV xodimlari yetib borgan.

Barça fuqarolar va zavod işçilari voqea joyidan favqulodda boşqa joyga köçirilgan. 10 yaqin inson tez tibbiy yordamga murojaat qilgan.

«Ayni damda zavodga olib boradigan yöllar yopilib, fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan. Barça kuç va texnik vositalar favqulodda holatni bartaraf etdi. Vaziyat huquqni muhofaza qiluvçi organlar nazoratida. Aholidan vahimaga va sarosimaga berilmaslik sörab qolinadi», — deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilişiça, voqea 20:30 da yuz bergan. Qöqondagi korxonaga temiryöl orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga böşatilayotgan vaqtda, kam miqdorda tökiliş kuzatilgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga tegişli xizmatlar kuç va vositalari jalb etilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.









