Içki işlar vazirligi 15 apreldan 15 mayga qadar hamkor taşkilotlar iştirokida respublika miqyosida ötkazilgan «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining natijalari bilan bölişdi.
Qayd etilişiça, tungi vaqtlarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida hududlarda öntadan sohaviy xizmatlardan iborat hamkor guruhlar faoliyati yölga qöyilgan. Natijada, respublika böyiça köça va jamoat joylarida bezorilik jinoyati 25,6 foizga kamayişiga erişilgan. Tezkor profilaktik tadbirlar davomida hayot va soğliq uçun xavfli tiğli buyumlarni olib yurgan jami 17 mingdan ortiq şaxs aniqlangan.
Şuningdek, jinoyat sodir etib, sud va tergov idoralaridan yaşirinib yurgan 100 dan ortiq qidiruvda bölgan şaxslar profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan. Bundan taşqari, mayda bezorilik sodir etgan 10 mingdan oşiq şaxslarga nisbatan tegişli çoralar körilgan.
Profilaktik çora-tadbirlar natijasida respublika böyiça oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar 36 foizga, şuningdek, voyaga yetmagan va yoşlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 20 foizga kamayişiga erişilgan.
Ta’kidlanişiça, tadbir davomida 590 mingdan ortiq yöl harakati qoidabuzarliklari qayd etilgan bölib, 67 mingdan ortiq transport vositasi jarima maydonlariga joylaştirilgan. Ularning 3 mingdan ortiği — transport vositasini mast holda boşqargan, 1900 dan ortiği — xodimlarning qonuniy talablariga böysunmagan, 700 dan ortiği — haydovçi transport vositalariga noqonuniy jihozlar, ya’ni sirena va migalka örnatgan, 48 mingdan ortiq şaxsda maşinani boşqariş böyiça tegişli hujjatlar bölmagan.









