Oq uy Ukrainadagi mojaroni hal qiliş jarayoni boşi berk köçaga kirib qoldi, deb hisoblaydi. Bu haqda AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vens Sky News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «uruşdan qanday çiqişni bilmaydi». Şuning uçun ham AQŞ prezidenti u bilan 19 may kuni telefon orqali gaplaşmoqçi.
«Vaziyat ma’lum darajada boşi berk köçada ekanini tuşunamiz. Tramp prezident Putinga «Niyating jiddiymi?» demoqçi», dedi Vens.
Uning fikriça, agar Rossiya muloqotga tayyor bölmasa, «oxir-oqibat AQŞ bu bizning uruşimiz emasligini aytişi kerak».
Avvalroq, Kremlga yaqin manbalar Bloomberg agentligiga Putin uruşni tugatişdan manfaatdor emasligini va yil oxiriga qadar Ukrainaning törtta hududi – Donetsk, Lugansk, Zaporojiye va Xersonni töliq qölga kiritmoqçi ekanini aytdi. Ularning sözlariga köra, Putin Qöşma Ştatlar tomonidan yangi sanksiyalar qöllanişi ehtimolidan qörqmaydi, şu bois Tramp kelişuv masalasida jiddiy yon bosişga erişmaydi. Ayni paytda, Kiyev Tramp va Putin öz tinçlik rejasini kelişib, Ukrainaga Amerika qurol-yaroğ ta’minotini töxtatiş tahdidi ostida uni barça şartlarga köndirmoqçi bölişidan qörqmoqda, deb yozdi CNN. Telekanalning yozişiça, aynan şu sababli hozirda AQŞ prezidentining e’tiborini tortiş uçun kuraş ketmoqda.










