Toşkentning Börijar kanaliga tuşib ketgan qizni qutqargan erkakning özi halok böldi. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Uşbu voqeada jasorat körsatgan marhumning yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz», deb yozdi Şamsutdinov.

Hodisa 5 may kuni keçqurun sodir bölgan. Yakkasaroy tumanidagi «Rakat» mahallasida yaşovçi 8-9 yoşli uç nafar qiz qirğoqqa tuşgan. Ulardan biri sirpanib, suvga tuşib ketgan. Oqim qizni kanal markaziga oqizgan. Dugonasiga yordam bermoqçi bölgan boşqa qiz ham suvga sakragan. Oqim uni ham oqizib ketgan. Şundan söng bolalar yordamga çaqirgan.

Qizlardan birini yaqin atrofda yaşovçi ayol xoda yordamida qutqarib olgan. Quyi oqimdagi ikkinçi qizni 43 yoşli erkak A.S. qutqargan, biroq özi qirğoqqa çiqolmay qolgan. Uning jasadi 4 km masofadan topilgan.

Baxtsiz hodisaga sayr zonasida xavfsizlik talablariga rioya etilmagani – suvga tuşadigan yöllarning yopilmagani va betonlangan kanaldan çiqiş imkoni bölmagani sabab sifatida keltirilmoqda