Fransiya hukumati Telegram asosçisi Pavel Durovning «investitsiya fondlari bilan muzokaralar ötkaziş uçun» Qöşma Ştatlarga borişiga ruxsat bermadi. Bu haqda Parij prokuraturasi bayonotiga tayanib, Politico xabar berdi.

Idoraning qayd etişiça, qaror 12 may kuni «bunday safar uçun zarur va muhim asos yöqligi bois» qabul qilingan.

18 may kuni Durov Parijda özi yaşayotgan Hotel de Crillon’ga Fransiya Taşqi razvedka xizmati (DGSE) rahbari Nikolya Lerner kelganini aytgandi. Durovning sözlariga köra, amaldor undan Ruminiyada ötkazilayotgan saylovlar oldidan Telegramʼda «konservativlar ovozini öçirişni» söragan. Durovning ta’kidlaşiça, u Lernerning iltimosiga rad javobini bergan. Fransiya hukumati ayblovni butunlay rad etmoqda.

DGSE vakillarining ma’lum qilişiça, ularning vakillari rostdan ham bir neça bor Durov bilan uçraşgan, ammo bu aloqalardan maqsad faqat uning messenjer asosçisi sifatida terrorçilik kontenti va bolalar pornografiyasi tarqalişining oldini oliş mas’uliyatini eslatiş bölgan. Razvedka xizmatining rasmiy izohida keltirilişiça, DGSE uçraşuvlar vaqtida saylov jarayoniga aralaşiş böyiça biror talab tilga olinganini keskin rad etadi.

Hozirda Pavel Durov Fransiyada sud nazorati ostida. Uning mamlakatdan taşqariga çiqişi çeklangan: u hukumatning rasmiy ruxsatisiz Fransiya hududini tark eta olmaydi. 2025 yil bahorda Fransiya hukumati Durovning Dubayga borib-kelişiga vaqtinça ruxsat bergan edi.

Pavel Durov 2024 yil avgustda Parijda uşlangan edi. Telegram asosçisi messenjer terrorçilik propagandasi va bolalar pornografiyasiga oid materiallar tarqalişiga qarşi kerakli çoralarni körmaganlikda ayblanmoqda. Huquq-tartibot organlarining ta’kidlaşiça, platforma ma’muriyati tizimli ravişda taqiqlangan kontentni bloklaş talablarini e’tiborsiz qoldirib kelgan.