Farmonga köra, milliy dastur prezident farmonida nazarda tutilgan “Yorqin iste’dod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:

  • har yili 1 500 nafargaça xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarida öqişga salohiyatli umumiy örta ta’lim taşkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvçilari imtihon asosida saralab olinadi;
  • saralab olingan öquvçilar agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatçilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda ta’lim oliş davrida ular uçun qöşimça öqiş taşkil etiladi. 

Milliy dasturni amalga oşiriş doirasida quyidagi rağbatlantirişlar qöllanadi:

▪️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat (maktab) ning 10-sinf öquvçilari va Milliy dastur iştirokçisi bölgan va eng yaxşi körsatkiçga ega 40 nafar öquvçiga dunyoning nufuzli oliy ta’lim taşkilotlari tomonidan taşkil etiladigan qisqa muddatli öquv dasturlarida har yili 1 marotaba qatnaşiş;
▪️ Maktab bitiruvçilari va Milliy dastur iştirokçisi bölgan öquvçilarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilğor 100 ta oliy ta’lim taşkilotlari röyxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarida ta’lim oliş xarajatlarini belgilangan tartibda qoplaş;
▪️maktab maslahatçilarini ularga biriktirilgan öquvçilarning oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qilinişiga qarab, mazkur farmonga muvofiq bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlaş.