S&P Global Ratings xalqaro agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «barqaror» darajadan «ijobiy» darajaga yaxşiladi.
Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilişiça, bunday baho jahon moliya hamjamiyatining Özbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bölgan işonçi ortib borayotganidan dalolat beradi hamda tanlangan yöl töğriligini körsatadi.
"Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uçun yanada jozibador böldi, bu esa iqtisodiy ösişga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxşilanişiga bevosita ta’sir körsatmoqda.
Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oşiriş böyiça işçi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qoliş, balki yanada yaxşilaş zarur ekanini çuqur his qilaman", deydi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilişiça, barça manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondaşuvini talab qiladigan katta işlar hali oldinda.










