AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yaroğning zarba beriş masofasiga qöyilgan çeklovlarni bekor qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers WDR kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Ukrainaga inglizlar, fransuzlar, amerikaliklar va biz yetkazib berayotgan qurol-yaroğlarning zarba masofasiga endi heç qanday çeklovlar yöq. Bu endi Ukraina Rossiya hududidagi harbiy pozitsiyalarga zarba beriş orqali özini himoya qilişi mumkinligini anglatadi. Ilgari, ma’lum bir nuqtaga qadar buni qila olmas edi», dedi Mers.

Kansler sözlariga köra, endi Ukrainani şunday qurollar bilan ta’minlaş zarur.

13 aprel kuni Fridrix Mers Yevropa hamkorlari bilan kelişilgan holda uzoq masofaga zarba beruvçi Taurus raketalarini Kiyevga yetkaziş imkoniyatini e’lon qildi. Yevropa rasmiylari bu masalani 9 may kuni Kiyevda 30 ta davlatdan kelgan «köngillilar koalitsiyasi» yetakçilari yiğilişida muhokama qilişi kutilgandi. 17 aprel kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya hukumati Taurus bilan öz obektlariga zarba berilişini Germaniyaning Kiyev tomonidagi harbiy amaliyotlardagi iştiroki deb bilişini ma’lum qildi.