JPMorganChase investitsiya banki mijozlarga investitsiya risklarini baholaşda yordam beriş uçun öz geosiyosat markazini taşkil etdi. Markazning ilk hisoboti Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş istiqbollariga bağişlangan. Tahlilçilar u «endşpil bosqiçiga ötgani» va öt oçişni töxtatiş rejimi 2025 yilning ikkinçi çoragi, ya’ni iyul oyida boşlanişini yozişgan.
Hisobotda bu qanday sodir bölişining törtta ehtimoliy ssenariysi keltirilgan, ularning ehtimolligi foizlarda baholangan. Har bir ssenariyda tarixiy pretsedent tilga olinadi. Ssenariyni tanlaşga ta’sir qiluvçi asosiy omil sifatida AQŞ va Yevropa Ukrainaga taqdim etişga tayyor bölgan xavfsizlik kafolatlari darajasiga e’tibor qaratilgan. Ssenariylarning barçasida Ukraina hududining 1991 yil çegaralarida tiklanişi va uşbu mamlakat NATOga qöşilişi istisno qilingan.
JPMorganChase tahlilçilari fikriça, Ukraina uçun eng yaxşi va eng yomon ssenariylarning ehtimoli past baholangan (15 foizdan). Bular mos ravişda «Janubiy Koreya» va «Belarus» ssenariylari.
«Janubiy Koreya» ssenariysiga köra, Ukrainaga Yevropa qöşinlari joylaştirilişi, ular Amerika razvedkasi ma’lumotlari bilan qöllab-quvvatlanişi va mojaro qayta boşlangan taqdirda AQŞdan yordam bölişi közda tutilgan. Bunday holda, Ukraina xavfsizligi yetarliça işonçli ta’minlanadi va unga sarmoya kiritiş xavfi nisbatan past böladi.
«Belarus» ssenariysida esa, aksinça, AQŞ ham, Yevropa ham Ukraina xavfsizligini ta’minlay olmaydi yoki ta’minlaşni istamaydi. Bu Rossiyaga özining maksimalistik talablarini bajarişga erişiş va Ukrainani amalda vassal davlatga aylantiriş imkonini beradi.
Hisobotda «Isroil» ssenariysi ehtimoli 20 foizga baholangan. Unga köra, Ukraina Ğarbning xavfsizlik kafolatlarini oladi, ammo uning hududida Ğarb qöşinlari bölmaydi. U yangi uruşga doimo tayyor turadigan harbiylaşgan davlat bölib qolişi mumkin.
Va nihoyat, Geosiyosat markazi «Gurjiston»ni eng ehtimoliy ssenariy (50 foiz) deb hisoblaydi: Ukraina Rossiya bilan uruşdan keyin işonçli xavfsizlik kafolatlarini olmaydi, beqaror bölib qoladi – va vaqt ötişi bilan, bir neça bor hokimiyat almaşinuvidan söng, Rossiya ta’sir doirasiga tuşib qoladi.










