Indoneziya sohillari yaqinida bortida 280 kişi bölgan Barcelona V (KM) paromida kuçli yonğin çiqdi. Channel News Asia ma’lumotiga köra, kamida uç kişi halok bölgan. CNN Indonesia xabarida qurbonlardan biri homilador ayol bölgani aytilgan.
Bu vaqtda parom Talaud orolidan Şimoliy Sulavesi provinsiyasidagi Manado şahriga suzayotgandi.
Pastki palubalardan quyuq qora tutun çiqa boşlagandan keyin kemada vahima boşlangan va köpçilik özini dengizga otgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlar baqirgança yordam sörayotgani aks etgan. Şuningdek, kema palubasi tölib-toşgani, undagi xodimlar yölovçilarga paromdan sakraşdan oldin qutqaruv nimçalarini taqişda yordam berayotganini köriş mumkin.
Suvga sakragan yölovçilardan biri Abdul Rahmad Agu qölida yiğlayotgan bolakayni tutgan holda, suvda turib ijtimoiy tarmoqda jonli translatsiya boşlagan.
«Yordam beringlar, KM Barcelona V yonmoqda. Bortda hali odam köp. Biz dengizda yonyapmiz, bizga tezroq yordam kerak», — degan u jonli efirda.
Indoneziya harbiy-dengiz kuçlari yonğin qurbonlari va jabrlanganlarni evakuatsiya qiliş uçun uçta kema yubordi. Evakuatsiyaga yordam beriş uçun mahalliy baliqçilar ham jalb etilgan. Sönggi xabarlarga köra, 150 ga yaqin odam qutqarilgan, 130 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Hodisa Talis va Biaro orollari örtasidagi suvlarda sodir bölgan. Taxminlarga köra, yonğin uçinçi palubadan boşlangan va tezda kemaning barça qismlariga tarqalgan. Bu mahalliy vaqt bilan taxminan 12:00 da (Toşkent vaqti bilan 10:00) sodir böldi, dedi yölovçilardan biri.











