Vaşington 2025 yil iyuldan boşlab strategik aviatsiya samolyotlariga joylaştiriladigan, quvvati 360 kilotonnaga yetadigan B61-13 gravitatsion yadroviy bombani seriyali işlab çiqarişni boşlaydi. Bu haqda Yadroviy xavfsizlik böyiça milliy agentlik (NNSA) ma’lum qildi.

AQŞ hukumatining rejasiga muvofiq, modernizatsiya qilingan har bir yadroviy aviabombani işlab çiqariş 30 million dollarga baholanmoqda va u 2027 yilda yakunlanadi. Jangovar kallak xususiyatlarini yaxşilaş bilan NNSA’ning oltita markazi mutaxassislari şuğullanmoqda, yakuniy yiğiş işlari esa Amarillo şahridagi (Texas) Pantex Plant zavodida amalga oşiriladi.

Ta’kidlanişiça, oğirligi 320 kilogrammdan oşadigan B61 variantiga yangi dum tayançi örnatilgan, u boşqaruvning yanada aniq amalga oşirilişini ta’minlaydi. Bu esa yuqori balandlikda uçayotgan samolyotdan bombani taşlaş imkonini beradi, söng u avtonom rejimda nişon tomon uçadi va öz trayektoriyasini töğrilab boradi.

Modifikatsiya qilingan zaryadlar B-2 va B-21 bombardimonçilariga örnatiladi. Ular AQŞning kontinental bazalarida saqlanadi. Yangi turdagi bombaning asosiy maqsadi — nisbatan mustahkam va yirik harbiy nişonlarni, jumladan, yerosti bunkerlari va qömondonlik punktlarini yakson qiliş.

19 may kuni AQŞ Energetika vaziri Kris Rayt birinçi B61-13 prototipini işlab çiqariş muddatidan bir yil oldin yakunlanganini ma’lum qilgandi. Yangi qurolni yaratişga ikki yildan kamroq vaqt ketgan. Vazirning sözlariga köra, bu Qöşma Ştatlarning «yangi beqaror davrda» global xavfsizlik sohasida ösib borayotgan çaqiriqlarga tezkorlik bilan javob qaytariş qobiliyatlarini isbotlagan.