Davlat rahbari uşbu anjumanni yaqinda Samarqand şahrida ötkazilgan sammitda Markaziy Osiyo mintaqasining Yevropa bilan strategik şerikligi haqida erişilgan kelişuvlar natijasi, deb bilişini ta’kidladi.

«Özbekiston tomoni uşbu formatdagi samarali amaliy hamkorlikni, avvalo, mamlakatlarimizning texnologik, sanoat va intellektual salohiyatini hisobga olgan holda rivojlantirişga qat’iy qaror qilgan. Global va mintaqaviy siyosiy jarayonlarning bugungi real şaroitida, xavfsizlik va taraqqiyotga umumiy tahdidlar kuçayib borayotgan bir paytda Italiya bilan köptomonlama muloqot maydonini işga tuşirişimiz nihoyatda zarur edi», dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari «Markaziy Osiyo – Italiya» formatida özaro hamkorlikning ustuvor jihatlari haqidagi qaraşlar töğrisidagi qisqaça töxtalib ötdi.

«Siyosiy sohada taşqi siyosat idoralari darajasida doimiy muloqotlarni davom ettiriş tarafdorimiz. Xalqaro kun tartibida özaro muvofiqlaştiriş va kelişilgan yondaşuvlarni talab etadigan bir qator dolzarb masalalar mavjud. Italiya boş vaziri, hurmatli Meloni xonimning Ukraina atrofidagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş uçun töğridan-töğri muzokaralarni tezroq boşlaş böyiça faol diplomatik sa’y-harakatlarini olqişlaymiz. Sizning Yaqin Şarq muammosi va Afğoniston bilan hamkorlik istiqbollariga oid qaraşlaringiz uçun minnatdorlik bildiraman. Keça Samarqandda biz bu nozik masalalarni batafsil muhokama qildik va yondaşuvlarimiz öxşaş ekanini qayd etdik», dedi Mirziyoyev.

Özbekiston yetakçisi terrorizm, ekstremizm, radikalizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşişda köptomonlama formatlarda işçi mexanizmlarni va maxsus xizmatlar örtasida axborot almaşişni yölga qöyişni taklif etdi.

Şuningdek, mamlakatni innovatsion rivojlantirişda Italiya işbilarmonlar hamjamiyatining an’anaviy kuçli pozitsiyasini inobatga olib, savdo-sanoat palatalarimiz şafeligida biznes-muloqot uçun doimiy maydon – «Markaziy Osiyo – Italiya» işbilarmonlar klubini tuzişni taklif qildi.

«Biz, şuningdek, köp tomonlama Sanoat va texnologik kooperatsiya dasturi işlab çiqilişi va qabul qilinişi muhim, deb hisoblaymiz. Bu örinda gap texnologiyalar transferi, ilğor bilimlar va eng yaxşi amaliyotlarni joriy etiş, yuqori texnologik sanoat korxonalarini yaratiş uçun qulay şaroitlarni şakllantiriş haqida bormoqda. Mavjud muvaffaqiyatli tajribani inobatga olib, mineral resurslar va qişloq xöjaligi xomaşyosini çuqur qayta işlaş, elektrotexnika, kimyo, töqimaçilik, çarm-poyabzal, oziq-ovqat va boşqa qayta işlaş sohalari uçun zamonaviy asbob-uskunalarni işlab çiqariş, ehtiyot qismlar va sanoat mahsulotlarini mahalliylaştiriş, Italiyaning yetakçi brendlari bilan hamkorlikda dizayn markazlarini yaratiş kooperatsiyaning muhim yönalişlariga aylanişi mumkin», dedi Mirziyoyev.