Volodimir Zelenskiy va Rajab Erdöğan 30 may kuni keçqurun telefon orqali muloqot qildi. Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, Erdöğan suhbat çoğida Rossiya va Ukraina prezidentlarining tezroq uçraşişi tarafdori ekanini bildirgan.
U Turkiya 16 may kuni Istanbulda boşlangan Rossiya-Ukraina muzokaralarini davom ettiriş tarafdori ekanini qayd etgan. Erdöğanning fikriça, Istanbulda ötkazilişi rejalaştirilgan muzokaralarning ikkinçi raundida ehtimoliy öt oçişni töxtatişni muhokama qiliş «tinçlikka yöl oçadi».
Erdöğan ikki delegatsiya muzokaralari yakunlangaç, Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin örtasida uçraşuv bölib ötişi kerak deb hisoblamoqda. Uning sözlariga köra, buni «paysalga solmasdan» amalga oşiriş kerak.
Zelenskiy Erdöğan bilan suhbatni «mazmunli» deb atadi. Ular Istanbuldagi muzokaralarning birinçi raundini muhokama qilişgan. «Asirlar almaşinuvi – bu uning [muzokaralarning] muhim yutuği, lekin afsuski, yagona yutuği. Tinçlik sari harakatni davom ettiriş uçun öt oçişni töxtatiş kerak», – dedi Ukraina prezidenti.
U, şuningdek, Moskva vakillari bilan Istanbulda «navbatdagi ehtimoliy uçraşuv» va «Ukraina qanday şaroitlarda unda iştirok etişga tayyorligi» muhokama qilinganini aytdi.
Rossiya Ukrainaga muzokaralarning yangi raundini 2 iyun kuni Istanbulda ötkazişni taklif qilgan. 30 may kuni Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga Kiyev Istanbulda muzokaralarning yangi raundini ötkazişga tayyorligi, biroq Moskvadan hali ham öt oçişni töxtatiş şartlari bilan memorandumning va’da qilingan matnini kutayotganini aytdi. Rossiya rasmiylari hujjatni faqat Istanbuldagi uçraşuvda taqdim etişlarini aytişmoqda.
Şu bilan birga, Sibiga uçraşuv 2 iyun kuni bölib ötişiga aniqlik kiritmagan. Zelenskiyning Erdöğan bilan suhbati yakunlari böyiça bayonotidan Ukraina vakillari 2 iyun kuni bölib ötadigan uçraşuvga borişi yoki bormasligi ham tuşunarsiz. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya muzokaraçilar delegatsiyasi «Istanbulga yöl olayotgani va duşanba kuni ertalabdan muzokaralarni davom ettirişga, uşbu muzokaralarning ikkinçi raundiga tayyor bölişi»ni aytgan.
The Washington Post naşrining ta’kidlaşiça, Ukraina Vaşington tomonidan Kiyevni Istanbuldagi muzokaralarda iştirok etişga majbur qiladigan bosimga duç kelişi mumkin bölgan «noqulay diplomatik vaziyat»ga tuşib qoldi – hatto Moskva öz memorandumini oldindan taqdim etmasa ham.










