«Adolatli Rossiya — Haqiqat uçun» partiyasi raisi Sergey Mironov Rossiyada terrorçilar uçun ölim jazosini joriy etiş taklifini ilgari surdi.
«Qotil terrorçilar uçun haqiqiy adolatli jazo bu faqat ölim bölişi mumkin. Fraksiyamiz bir neça bor terrorçilar hamda ularning şeriklari uçun ölim jazosini tiklaşni talab qilgan va biz uşbu qarorga erişamiz. Terrorçilik aktini sodir etganlar bilan insonparvarlik öynaşni bas qilişimiz kerak», — deydi Mironov.
Uning ta’kidlaşiça, «dahşatli va noinsoniy harakat» Volodimir Zelenskiy rejimining asl mohiyatini oçib bergan. «Barçamiz bolalarimiz kelajagi haqida gapirişimiz kerak bölgan kunda banderaçilar begunoh odamlarga oğriq va musibat olib keldi», — deydi u.
Mironovning fikriça, Zelenskiy rejimi butunlay yöq qilinişi, «Ukraina mojarosining asosiy sabablari ildizi quritilişi» va Ukrainaning neytral maqomi ta’minlanişi kerak.
Oldinroq Rossiya Konstitutsiyaviy sudi raisi Valeriy Zorkin mamlakatda ölim jazosi faqat yangi konstitutsiyani qabul qiliş orqali joriy etilişi mumkinligi, boşqa yöl yöqligini ma’lum qilgandi.
31 may kuni keçqurun qöşni Bryansk oblastining Vigoniçskiy rayonida avtomobil köprigi qulagandi, bu vaqtda uning ostidan «Klimov — Moskva» yölovçi poyezdi ötayotgan bölgan. Hodisa vaqtida köprikdan yuk maşinasi harakatlangan. Natijada lokomotiv va tört vagon relsdan çiqib ketgan. Yetti kişi halok bölib, yana 66 kişi jabrlangan. Şuningdek, 1 iyunga ötar keçasi Kursk oblastida temiryöl köprigi qulab tuşdi.









