Rasmiy kurs 7 oylik minimumgaça quladi: dollar nega arzonlaşyapti? Toşkentda içki işlar xodimlari qiynoq qölladi: erkakning jinsiy a’zosi kuydirilgani aytilmoqda. Nyu York meri bilan “otamlaşgan” özbek tadbirkori: u avval FTB, keyin suriştiruvçi jurnalistlar nazariga tuşdi. AESga taalluqli qonun qabul qilinyapti: yadroviy falokat yuz bergan taqdirda, xalqqa tovon tölanadi. Kun.uz'da – hafta dayjesti.

Sömning qadri oşdi

Bu hafta özbekistonliklar valuta bozori uçun noyob voqeaga guvoh böldi: dollarning sömga nisbatan rasmiy kursi yarim yil oldingi darajagaça tuşib ketdi. Payşanba kungi savdolardan keyin Markaziy bank 1 AQŞ dollarining qiymatini 12 768 söm deb belgiladi. Bu – ötgan yilning 4 oktyabridan keyingi davr uçun minimum körsatkiç. Natijada, banklardan dollar xarid qiliş kursi 12 830 sömgaça pasaydi.

Sömning bunday mustahkamlanişi bir neçta omillar bilan boğliq bölişi mumkin. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevga köra, AQŞ prezidenti Donald Trampning siyosati ta’sirida, yil boşidan beri dollar indeksi, ya’ni Amerika valutasining boşqa oltita asosiy valutaga nisbatan qiymati 9 foizdan köproqqa pasaydi. Oltin narxlari rekord darajada kötarilgani esa Özbekistonning valuta tuşumlarini ançagina oşirgan. Oltinsiz eksport hajmi ham ösgan, natijada sönggi uç oydan beri Özbekiston taşqi savdosida profitsit kuzatilyapti. Boz ustiga, birinçi çorakda xorijdan pul ötkazmalari hajmi 32 foizga ösgan. Bu omillar valuta bozoridagi talab va taklif tarozisida taklif pallasining oğirligini ta’minlayapti.

Valuta taklifini oşirgan omillardan biri taşqi qarzlar bölişi ham mumkin. Moliya vazirligi şu hafta oçiqlagan ma’lumotga köra, birinçi çorakda davlat taşqi qarzi 1 mlrd 831 mln dollarga köpaygan. Taqqoslaş uçun, ötgan yili 1-çorakdagi ösiş atigi 175 mln dollar bölgandi. Joriy yil 1 aprel holatiga, davlat qarzi 42,4 mlrd dollar, şundan taşqi qarz 35,5 mlrd dollarga yetgan. Davlat qarzi bir yil içida 20 foizga oşgan. Qarzlarning salkam yarmi budjet defitsitini yopiş uçun işlatilgan.

Toşkentda qiynoq qöllagan uç nafar IIB xodimi qamaldi

Özbekistonda içki işlar xodimining qonuniy talabini bajarmaganlik uçun jarima miqdori oşiriladi. Bu haqdagi qonunni deputatlar jonli efirdan taşqarida muhokama qilib, imi-jimida ötkazib yuborgani ma’lum böldi. Çorşanba kuni Senat ma’qullagan qonunga köra, içki işlar va milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uçun jarima miqdori BHMning 1 baravaridan 5–12 baravarigaça oşiriladi. Bu oşiriş içki işlar xodimlarining qonuniy talablariga böysunmaslik holatlari oxirgi 4 yilda 1,5 barobarga oşgani bilan izohlandi.

Hafta davomida içki işlar xodimlari bilan boğliq boşqa bir xabar esa izohsiz qoldi. Kun.uz'ning aniqlaşiça, Toşkent şahrining Yangihayot tumanida işlagan uç nafar içki işlar xodimi 4 nafar gumondor şaxsga nisbatan qiynoq işlatgan. Sud hujjatiga köra, Farhod Qorayev ismli “oper” qiynoq paytida “zajigalka” yoqib, gumondor erkakning jinsiy a’zosiga olib borgan va bu a’zosini kuydiriş bilan tahdid qilgan. Boşqa bir jabrlanuvçi esa könmagani uçun uning jinsiy a’zosini “zajigalka” bilan kuydirişganini aytgan.

Uçinçi jabrlanuvçi Qorayevning harakatlarini şunday tasvirlaydi: “U qöllarimni tepaga qaratib qöyib, boşimga qora paket kiydirdi, paketning tagini skotç bilan örab taşladi. Nafasimni siqib, tanamga elektroşoker bilan jarohat yetkazdi. Paket burnimga yopişib, nafasim qaytib keta boşladi. Qovurğalarimga kuçli zarbalar berdi. Nafasim siqilib, ölib qolaman deb öyladim. Farhod Qorayevning qiynoqlariga bardoş bera olmasdan: “Hammasini böynimga olaman, faqat qiynamanglar” dedim. Agar şunaqa demasam, Farhod Qorayev meni öldirib qöygan bölardi”.

Farhod Qorayev suddagi körsatmasida qiynoq işlatganini rad etib, fuqarolar öz ixtiyori bilan tuşuntirib xati yozib berganini aytgan. Çilonzor tuman sudi 16 may kungi hukmi bilan, tezkor xodim Farhod Qorayev va PPX inspektori Karimjon Mirzaboyevni 5 yil-u 1 oy muddatga, yana bir sobiq PPX xodimi Bahrom Şonazarovni 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Nyu York meri va özbek tadbirkori keysi

Korrupsiya, qonunlarga amal qilmaslik va matbuotning erkin emasligi. Rasmiylarga köra, Özbekistonning ayrim xalqaro reytinglardagi örni pasaygani mana şu uçta muammo bilan boğliq. Bu haqda payşanba kuni Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi. Majlisda korrupsiya va söz erkinligi borasidagi vaziyat qisman tan olingan bölsa-da, asosiy urğu yutuqlarga qaratildi. Özbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi örni yaxşilanişi töğrisidagi milliy ma’ruzaga köra, 2024 yilda 20 ta ustuvor xalqaro reyting va indekslardan 10 tasida Özbekistonning körsatkiçlari yaxşilangan. Neçtasida yomonlaşgani esa aytilmadi.

Haftaning boşqa bir qiziq yangiligi ham Özbekistonning xorijdagi reputatsiyasi bilan boğliq. Amerika naşrlari rasmiy Toşkentning xalqaro imijini yaxşilaş uçun harakat qilgan Bruklindagi özbek lobbisti haqida yozmoqda. Ma’lum bölişiça, Nyu Yorkda köçmas mulk biznesi bilan şuğullanuvçi tadbirkor Tolib Mansurov şahar meri Erik Adamsga qarşi oçilgan jinoyat işi figurantlaridan biriga aylangan.

Tergovda aniqlanişiça, Tolib Mansurov Nyu York şahri hokimligi uçun 2021 va 2025 yilgi saylovlardan oldin Erik Adams nomzodi uçun bir neça ön ming dollar xayriya qilgan. Prokurorlarning da’vosiga köra, bu xayriyalar Nyu York merining obrösidan foydalanib, Özbekiston hukumati haqida AQŞda şakllangan salbiy qaraşlarni yumşatiş vositasi bölgan. Xususan, Mansurov Adams uçun xayriya töplayotgan paytda, BMTdagi Özbekiston delegatsiyasi a’zolaridan biriga tegişli telefon raqami bilan 292 marta boğlangan. Adamsning vakili esa Mansurovga 55 marta qönğiroq qilgan.

Bundan taşqari, biznesmenning qurilişlaridan birida muammo yuzaga kelganida, u hokim bilan aloqaga çiqqani, şundan keyin uning quriliş loyihasiga qöyilgan çeklovlar olib taşlangani aytilyapti. E’tiborlisi, atigi bir neça ön ming dollarlik xayriyalar haqida gap ketayotgan bölsa-da, Tolib Mansurovdan bu pullarni trillion dollarlik iqtisodiyotga ega Nyu York şahri hokimining şaxsan özi söragan. Hokim bir marta özbek tadbirkoriga Signal ilovasi orqali: “Menga katta yordam kerak” deb yozgan bölsa, boşqa safar: “Siz doim mening eng kuçli odamim bölgansiz” deya ta’kidlagan.

Tolib Mansurov – ham AQŞ, ham Özbekiston fuqaroligiga ega; oliy ta’limni Rossiyaning Omsk şahrida olgan. U söroq paytida Nyu York hokimi uçun xayriyalar taşkil qilganini tasdiqlagan, lekin boşqa bir ayblov – pul yuvişga oid da’volarni rad etgan. Bu da’volar uning ofşor zonadagi kompaniya bilan aloqalariga oid. Suriştiruvçi jurnalistlar xalqaro konsorsiumiga köra, Mansurov boşqaradigan Nyu Yorkdagi köçmas mulk biznesining 51 foiziga Kiprda röyxatga olingan Saltamo nomli firma egalik qiladi. Jurnalistlar ayrim hujjatlar asosida bu kompaniya özbekistonlik tadbirkor Baxtiyor Fozilovga aloqador bölişi mumkin degan taxminni ilgari surgan. Mansurovning özi va Fozilovning matbuot xizmati bu aloqalarni rad etgan. Şu bilan birga, “Baxtiyor Fozilov Saltamöning benefitsiar egasimi?” degan savolga uning matbuot xizmati javob bermagan.

AES qurilişiga huquqiy baza tayyorlanmoqda

Jizzaxda qurilayotgan AESda xudo körsatmasin biror kor-hol röy beradigan bölsa, davlat yetkazilgan yadroviy zarar uçun xalqqa tovon tölaşi kerak böladi. Özbekiston hukumati özi uçun ana şunday majburiyat olişga qaror qildi. Seşanba kuni deputatlar “Yadroviy zarar uçun fuqarolik javobgarligi töğrisidagi Vena konvensiyasiga Özbekiston Respublikasining qöşilişi haqida”gi qonunni qabul qilib, Senatga yubordi.

Bu konvensiyada fuqarolik yadro obektlaridagi hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uçun javobgarlik rejimi, zararni qoplaş tartibi, muddatlari va tamoyillari belgilangan. Qonunçilik palatasiga köra, bu xalqaro hujjatga qöşiliş – zararni qoplaşning xalqaro tan olingan huquqiy mexanizmlarini ta’minlab, jabrlanuvçilarni himoya qilişni kuçaytiradi. Bundan taşqari, hujjat yadroviy qurilmalarni boşqaruvçi operatorning aniq javobgarligi va majburiyatlarini belgilaydi. Yuzaga kelişi mumkin bölgan zararlarni qoplaş uçun işonçli moliyaviy kafolatlarni yaratadi.

Özbekiston bu konvensiyadan taşqari, yana uçta: “Yadro xavfsizligi töğrisida”gi, “Yadro avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam körsatiş töğrisida”gi va “Yadroviy avariya haqida tezkor xabar beriş töğrisida”gi konvensiyalarga ham qöşilişni rejalaştirgan. Amaliyotda bu qonunlarga heç qaçon ehtiyoj tuğilmaydi, deb umid qilib qolamiz.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Özbekiston va Italiya strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşini e’lon qildi. Bu haqdagi deklaratsiya Italiya boş vaziri Jorja Melonining Samarqandga taşrifi vaqtida imzolandi. Tomonlar Yevropa bozorlariga kirib borişda özbek biznesi uçun texnik kömak dasturlarini kengaytirişga kelişib oldi. Özbekistonda Tuşiya universitetining filiali taşkil etiladi. Samarqanddagi köçalardan biriga Rim şahri nomi berildi. Ertasi kuni Ostona şahrida bölib ötgan birinçi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida esa tomonlar xavfsizlik va iqtisodiy masalalalarda hamkorlikni kuçaytirişi ma’lum qilindi.

YouTube monetizatsiyasi yoqilmagani hisobiga Özbekiston yiliga 50 mln dollargaça mablağ yöqotyapti. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi izlaniş olib borib, şunday xulosaga keldi. Tadqiqotga köra, mamlakatimizda obunaçilari soni 10 mingdan oşadigan 6 mingta videobloger bor. Agar YouTube ularga har mingta köriş uçun eng minimal hisoblarda 8 sentdan 1,4 dollargaça tölaganida edi, jami daromad 29 mln dollardan 50 mln dollargaça oraliqda bölardi. Markaz monetizatsiyani yoqiş uçun tösiqlardan biri sifatida şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi öşa maşhur qonunni keltirib ötgan.

Özbekistonda dron uçiriş böyiça federatsiya tuzilişi mumkin. Bu haqda Toşkentda bölib ötgan mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivalida DXX raisi Bahodir Qurbonov ma’lum qildi. Qurbonov festival doirasida dronlar poygasini ötkazayotgan yoşlarni kuzatgaç, harbiy tuzilmalar qoşida dron uçiriş böyiça tögaraklar oçiş topşiriğini berdi. Bu tögaraklar kelgusida federatsiya uçun baza böladi, dedi DXX raisi.

Kelasi hafta tarixda ilk marta futbol böyiça milliy jamoamiz jahon çempionatiga yöllanma olişi mumkin. 5 iyun, payşanba kuni Abu Dabida BAAga qarşi bölib ötadigan öyinda durang natija ham bizni muddatidan oldin, töğridan töğri jahon çempionatiga olib çiqadi. Aks holda, masala yeçimi 10 iyun kuni Qatar bilan Toşkentdagi öyinga qolib ketadi. Xabarlarga qaraganda, Abu Dabidagi öyinga bir neça kun qolganda, BAAda yaşaş guvohnomasiga egaligi uçun stadiondagi mezbon muxlislar sektoridan joy ola olgan vatandoşlarning çiptalari bekor qilingan. Qayd etiş kerak, rezident bölişiga qaramay, fuqaroligi asosida çipta olişni çeklaş xalqaro tajribada normal holat deb baholanmaydi. Masalan, Germaniya Turkiyani öz maydonida qabul qilganida, Germaniyada qonuniy yaşaş huquqini olgan turklarning ham bemalol mezbonlar uçun ajratilgan sektorlardan joy olganini köp kuzatganmiz.

Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Umarşoh Saydaliyev
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov