1 iyun kuni uruşlar tarixidagi eng unikal operatsiyalardan biri amalga oşirildi. Mossad «Hizbulloh» jangçilari peyjyerlarini masofadan turib portlatgaç, yana qandaydir harbiy operatsiya kişini hayron qoldirişi qiyin edi. Lekin keça şunday böldi.
Amalda Ğarbning harbiy yordamidan quruq qolgan Ukraina Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralar ikkinçi raundi arafasida jiddiy diversion hujumni amalga oşirdi. Quyida «Örgimçak töri» operatsiyasi haqida.
Nişonda – strategik uçoqlar
Ukraina 1 iyun kuni bir vaqtning özida Rossiyaning törtta olis hududidagi aerodromlariga hujum qildi. Hujumlar juda oddiy, arzon dronlar yordamida amalga oşirildi. Ukraina çegarasidan ança olisda joylaşgan, xususan, Ryazandagi «Dyagilevo», Murmanskdagi «Olenya», Irkutskdagi «Belaya» va Ivanova oblastidagi «Ivanova» aerodromlari hujumga uçragan.
Hujumni şaxsan Ukraina xavfsizlik xizmati SBU rahbari general Vasiliy Malyuk boşqargan. Umumiy hisobda Rossiya harbiy aviatsiyasiga tegişli 41 ta strategik samolyotlar, xususan, A-50, Tu-95, Tu-22 M3 bombardimonçilari yöq qilingani aytilmoqda. Hujum natijasida Rossiya strategik aviatsiyasi 34 foiz uçoqlarini yöqotgani haqida xabar berdi.
Ukraina hujum uçun juda oddiy, arzon, 200-300 dollar turadigan dronlardan foydalangan. Ularga portlovçi moddalar örnatilgan. Tabiiyki, bu arzon dronlar Ukrainadan turib uçirilmagan, ular bunaqa katta masofaga uçib borolmaydi. Murmansk, Irkutsk qayerda ekanini xaritadan qarab olişingiz mumkin, bu yerlar Ukraina çegarasidan juda olisda joylaşgan.
Yuk maşinasidagi «ştab»
Har qança ajablanarli bölmasin, Ukraina xavfsizlik xizmati dronlarni aerodromlar oldidan uçirgan. Bu uçun maxsus xizmat harbiylari Rossiya hududiga borib, keyin Ukrainaga qaytib ketişni ham uddalagan. Gap şundaki, dronlar oddiy yuk taşuvçi maşinalar yukxonasidagi mobil uylar içiga yaşirilgan. Kerakli manzilga yetib borgaç, haydovçi maşinani qarovsiz joyda qoldirib ketgan. Katta ehtimol, sun’iy intellekt tomonidan boşqarilgan dronlar fura yukxonasidan çiqib, aerodromdagi samolyotlarni portlatişga kirişgan.
Ba’zi dronlar teparoqdan turib boşqa dronlar samolyotlarni portlatayotganini videoga olgan. Bu operatsiya muvaffaqiyatli bölganini körsatiş uçun qilingan. Yuk maşinalari usti qanday oçilgani, dronlar maskirovkadan qanday çiqqani hozirça ma’lum emas, lekin SBU operatsiya haqida töliq ma’lumot berişni va’da qilgan.









