Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan yana bir özbekistonlik jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 2004 yilda tuğilgan, Qarşi şahrida yaşovçi I.J. 2024 yil 23 fevral kuni işlab pul topiş maqsadida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga borgan. U 2024 yil 12 iyun kuni 195 ming rubl oylik maoş evaziga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan muddatli harbiy xizmatni ötaş töğrisida 1 yillik şartnoma imzolagan.

Şundan söng I.J. 2024 yil 24 iyun kuni Luganskdagi harbiy qism poligoniga borgan va u yerda 14 kun davomida harbiy tayyorgarlikdan ötgan. Şu vaqt oraliğida u harbiy dron portlaşi oqibatida öng oyoğidan yaralangan.

I.J. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.

“2022 yilda maktabni tamomlaganimdan söng pul topiş maqsadida turli xildagi işlarda işlay boşladim. Öz xarajatlarimga yetarli pul topa olmaganim sababli mavsumiy işlaş maqsadida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga bordim. Quriliş va ta’mirlaş işlarida işlab yurib, 2 oylik iş haqimni olmaganim sababli qarz bölib qoldim. Şundan söng sinfdoşim V.N.ga qönğiroq qilib, iş topib berişni söradim. U haydovçilik qiliş bilan boğliq iş borligini, tanişi Dalerga qönğiroq qilsam batafsil tuşuntirişini aytdi. Daler bilan gaplaşdim hamda uning Mytişçi şahridagi harbiy qismda haydovçilik yoki oşpazlik qiliş haqidagi taklifiga rozi böldim.

Daler menga Mytişçi şahriga boriş xarajatlarini tölab berdi. U yerga borgaç 10 kun mehmonxonada yaşadim. Söngra öşa mehmonxonada turgan 6 nafar fuqaro bilan birgalikda Moskva viloyatining Korolev şahridagi Mudofaa işlari bölimiga bordik”, degan yigit suddagi körsatmasida.

Şundan söng I.J. va uning şeriklari avtobusda Balaşixa şahridagi harbiy qismga olib borilgan. 2024 yil 11 iyun kuni tibbiy körikdan ötkazişgaç I.J. Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzgan.

“2024 yil 24 iyun kuni Luganskdagi harbiy poligonga bordik. 2 hafta davomida şu harbiy qismda işladim. 2024 yil iyul oyi oxirlarida dron portlaşi oqibatida oskolka tegib, öng oyoğimdan yaralandim. Yarador bölişimga qaramasdan harbiy qism komandiri tomonidan menga yordam körsatilmadi. Harbiy şifoxonaga borişim uçun mendan 500 ming rubl pul sörab, frontga yoki gospitalga boriş şarti qöyildi. Harbiy şifoxonaga boriş uçun özim 500 ming rubl pul berdim”, degan yigit sudda.

2024 yil 4 avgust kuni Belgorod şahridagi harbiy gospitalga borib, 13 kun davomida davolangan I.J. 17 avgust kuni yana Luganskdagi harbiy qismga qaytgan. Yigit gospitalda davolanişi davomida harbiy qism komandiridan qöşimça davolaniş uçun 15 kun muddatga ta’til söragan. Ammo unga rad javobini berişgan. 2024 yil 5 sentabr kuni harbiy qismdan qoçib ketgan I.J. 2024 yil 1 oktyabrda Özbekistonga qaytib kelgan hamda DXXga aybini tan olgan.