"Bizning nazarimizda, ma’lumotlar iqtisodiy ösişning yangi drayveri hisoblanadi. Öz oldimizga qöygan vazifa — bu ma’lumotlarga nafaqat banklar va korporativ sektor uçun, balki kelajakni yaratişda faol iştirok etayotganlar uçun ham imkoniyat yaratiş", - deb qayd etdi "Defen Financial" MÇJ asosçisi va boş direktori, iHamkor.uz platformasi operatori Asqar Ismailov.
Dastur doirasida startaplar quyidagilarga ega bölişadi:
- iHamkor API’dan 6 oygaça bepul foydalaniş imkoniyati
- Integratsiya jarayonida kömaklaşiş va texnik yordam
- Taqdimotlar va veb-saytda "iHamkor asosida işlab çiqilgan" belgisini qöllaş huquqi
- Hamkorlikdagi maqolalar va amaliy misollar tayyorlaşda qatnaşiş imkoniyati
"IT Park’ning eng muhim vazifalaridan biri – innovatorlar zamonaviy texnologiyalarga ega bölgan startap ekotizimini yaratiş. iHamkor loyihasi – davlat va xususiy sektor hamkorligi Özbekistonda IT sohasining rivojiga qançalik katta turtki berişi mumkinligining yorqin misolidir", - dedi IT Park Uzbekistan boş direktori Abdulaxad Kuçkarov.
Dastur Özbekistonda röyxatdan ötgan va IT Park rezidenti bölgan, dastlabki (pre-seed) yoki uruğ (seed) bosqiçidagi, daromadi 500 million sömgaça va xodimlar soni 10 nafargaça bölgan jamoalar uçun oçiq.
Biz iHamkor startaplar uçun AWS infratuzilma sohasida yoki Stripe moliya texnologiyalarida qanday örin tutgan bölsa, şunday darajaga çiqadi deb öylaymiz. Agar sizning mahsulotingiz biznes ma’lumotlariga asoslangan bölsa, demak bizning maqsadlarimiz bir", - dedi Asqar Ismailov.

iHamkor API öz içiga nimalarni oladi?
iHamkor API platformasi Özbekiston Soliq qömitasi tomonidan taqdim etilgan keng qamrovli ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatini beradi. Bular quyidagilardan iborat:
Yuridik şaxslar haqidagi ma’lumotlar: röyxatdan ötkaziş ma’lumotlari, aloqa ma’lumotlari, soliq rejimlari, soliq va ijtimoiy tölovlar töğrisidagi ma’lumotlar, aylanmalar, foyda, qarzlar va mulkçilik tuzilmasi.
Jismoniy şaxslar haqidagi ma’lumotlar: daromadlar, iş haqi, uşlab qolingan va ajratilgan mablağlar töğrisidagi ma’lumotlar.







