Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in natijasida jarohatlangan fuqarolar yo‘q.
5 iyun kuni soat 06:27 da Toshkent shahar, Olmazor tumani Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘in qurshab olindi.
Aytilgan manzilda yong‘in sodir bo‘lgan shaxsiy xonadonlarning birida yonilg‘i-moylash mahsuloti saqlangani taxmin qilinmoqda.
Vaziyat FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmadi.
Yong‘in 7:34 da o‘chirildi. Aytilgan manzilda joylashgan shaxsiy xonadonlar bir-biriga tutash bo‘lgani sababli yong‘in natijasida 4 ta xonadon yonib zararlangani aniqlandi.
Yong‘in natijasida jarohatlangan fuqarolar yo‘q.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:19 / 06.06.2026