Latviyada Tallin şahridagi Milrem Robotics mudofaa kompaniyasi foydalanadigan binoga qasddan öt qöyişda gumonlangan uç kişi qölga olindi. Ulardan ikki nafari hibsga olingan.

Bu haqda 19-avgust kuni Estoniya davlat prokurori Gardi Anderson ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, tergov sodir bölgan voqea diversiya bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.

«Yaqin vaqt içida uçinçi gumonlanuvçini ham hibsga oliş töğrisida iltimosnoma kiritiş böyiça qaror qabul qilamiz», - dedi prokuror.

Gumonlanuvçilarning ismlari va fuqaroligi hozirça oşkor etilmagan. Latviya va Estoniya huquqni muhofaza qiluvçi organlari ularni Estoniya tomoniga topşiriş masalasi ustida iş olib bormoqda.

Yonğin 14-avgustdan 15-avgustga ötar keçasi Milrem Robotics foydalanadigan binoda sodir bölgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Milrem Robotics harbiy maqsadlarga möljallangan uçuvçisiz yer usti transport vositalari va robotlaştirilgan tizimlarni işlab çiqaradi. Kompaniya mahsulotlaridan Ukrainada ham foydalaniladi.

Kompaniya rahbari Kuldar Vaarsi Reuters agentligiga yonğin işlab çiqariş jarayoni va yetkazib beriş zanjirlariga ta’sir qilmaganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, Milrem Robotics 2026-yil oxiriga qadar Ukrainada özining 200 dan ortiq robotlaştirilgan tizimi bölişini rejalaştirmoqda.

Rossiyaga aloqadorlik versiyasi tekşirilmoqda

Estoniya boş vaziri Kristen Mixal 18-avgust kuni rasmiylar yonğinga Rossiya aloqador bölişi mumkinligi haqidagi versiyani ham tekşirayotganini ma’lum qildi.

«Agar bu harakatdan maqsad Estoniyani qörqitiş, odamlarimiz orasida nizo keltirib çiqariş yoki bizni Ukrainani qöllab-quvvatlaşdan voz keçişga majburlaş bölgan bölsa, u holda bu maqsadga erişilmaydi», - dedi Mixal.

Şu bilan birga, Estoniya rasmiylari hozirça Tallindagi Milrem Robotics binosiga öt qöyilişiga Rossiya aloqadorligini tasdiqlovçi dalillarni jamoatçilikka taqdim etmagan.

Rossiyaning Estoniyadagi elçixonasi esa Reuters agentligining uşbu masala yuzasidan izoh beriş haqidagi söroviga javob bermagan.