Suhbat Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilişdan boşlandi, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov.

Uning sözlariga köra, Putin va Tramp «bir-biri bilan doimiy aloqada bölişga tayyor ekanligini tasdiqladi».

Uşakov, şuningdek, ikki davlat rahbarlari AQŞ prezidenti elçisi Stiv Uitkoff sa’y-harakatlarini yuqori baholaganini ma’lum qildi.

Tramp avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda suhbat haqida xabar berib, muloqot 1 soat 15 daqiqa davom etganini aytgan edi.

Uşakov sözlariga köra, Putin Trampga Rossiya obektlariga qilingan hujumlar haqida batafsil ma’lumot bergan.

«U bizning fikrimizni diqqat bilan tingladi va prezident bu borada yetarliça batafsil gapirdi. Menimça, Trampning sodir bölgan voqealarga baholarimizni eşitişi juda foydali böldi», dedi Uşakov.

Tramp avvalroq bu suhbatda Putin uni Ukrainaning sönggi hujumlariga javob qaytariş niyati haqida ogohlantirganini ma’lum qilgandi: «Prezident Putin sönggi paytlarda aerodromlarga qilingan hujumlarga javob berişga majbur bölişini juda qat’iy aytdi».

Şuningdek, Tramp suhbatda AQŞ Rossiyadagi harbiy aerodromlarga berilgan zarbalar haqida oldindan xabardor qilinmaganini aytgan.

«Tramp amerikaliklar bu haqda (harbiy aerodromlarga berilgan zarbalar) oldindan xabardor qilinmaganini yana bir bor tasdiqladi», dedi Uşakov.

Uşakov sözlariga köra, Putin Trampga Kiyev Rossiya hududidagi tinç aholi manzillariga zarba beriş orqali Istanbul muzokaralarini buzişga urinayotganini aytgan.

Prezident yordamçisi sözlariga köra, Putin Trampga Istanbul muzokaralari natijalari haqida ham batafsil ma’lumot bergan, biroq prezidentlar tomonlar pozitsiyasiga doir memorandum matnlarini muhokama qilmagan.

«Tegişli memorandumlar poytaxtlarda - Moskva va Kiyevda tahlil qilinadi va keyin, umid qilganimizdek, tomonlar muzokaralarni davom ettirişi mumkin», dedi Kreml vakili.

«Rahbarlar Ukraina muammosi böyiça, jumladan, yuqori darajada, şuningdek, boşqa darajalarda va boşqa kanallar orqali aloqalarni davom ettirişga kelişib oldi», dedi Uşakov.

Suhbat çoğida Rossiya-Amerika hamkorligi istiqbollari haqida ham fikr almaşilgan.