Prezident Şavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni «Al Mirqab Capital» kompaniyasi boşqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va «Blackrock» investitsiya kompaniyasi katta boşqaruvçi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uçraşdi.

Özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Davlat-xususiy şeriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oşiriş, şu jumladan gaz va elektr tarmoqlari, suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qiliş, energiya işlab çiqariş va töplaş quvvatlari, katta tezlikda harakatlanişga möljallangan temir yöllarni quriş, köçmas mulk obektlari va biznes infratuzilmasini barpo etiş ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi.

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari suriş böyiça «yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib olindi.