Turkiya huquq-tartibot idoralari xorijlik sayyohlardan 1,1 milliard lira (29 million dollar) öğirlaşda gumon qilinayotgan guruh a’zolarini aniqladi. 31 may kuni uşbu iş yuzasidan 20 kişi hibsga olindi. Guruhning taxminiy yetakçisi mahalliy mehmonxona xöjayini hisoblanadi, deb yozdi Anadolu.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumondorlarni Istanbul, Antaliya, Oydin, Izmir va Muğla şaharlarida qölga olgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, firibgarlar harakatidan 268 nafar xorijlik jabrlangan.

Kuşodasi kurorti Boş prokuraturasi xorijliklarning hisob raqamlarida şubhali bank operatsiyalari amalga oşirilgani haqida ma’lumot olganidan söng, bundan tört oy oldin tergov boşlagan.

Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi mehmonxonada qolgan sayyohlarning karta ma’lumotlarini boşqa mehmonxonalar va avtomobil ijarasi xizmatlariga bergan. Sayyohlar Turkiyani tark etgaç, ularning hisob raqamlaridan pul öğirlangan.

Şuningdek, guruh a’zolari çet mamlakatlarga borib, turli yöllar bilan bank kartasi ma’lumotlarini öğirlagan.

Firibgarlar tuşgan mablağni soxta kompaniyalar orqali naqdlaştiriş bilan şuğullangan, şuningdek, ba’zan köçmas mulk sotib olişga sarflagan.