IV Toşkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Ozarboyjonning Agalarov Development kompaniyasi örtasida kelişuv imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Kelişuv Toşkent viloyatining Böstonliq tumani Çorvoqning ikki qirğoğida Sea Breeze Uzbekistan tört fasllik kurortini qurişni nazarda tutadi.

Loyihaning umumiy qiymati 5 mlrd dollarni taşkil etadi. Uning doirasida jami 577 gektar, jumladan, birinçi bosqiçda 100 gektar maydonda quriliş işlari olib borilişi közda tutilgan.

«Loyiha turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, iş örinlari yaratiş va xorijiy sayyohlarni jalb qilişga salmoqli hissa qöşadi. Tomonlar loyihaning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini ta’minlaşga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar hamda hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar», deyiladi ISSV xabarida.

Ma’lumot uçun, 2024 yilning dekabr oyida Çorvoqda yirik turistik markaz qurilişi e’lon qilingandi. Sea Breeze Uzbekistan nomli loyihani prezidentga ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarov taqdim etgandi. Suv ombori böylarida plyajlar, sport maskanlari, golf maydoni, akvapark, mehmonxonalar va turar joylar qurilişi, xalqaro brendlarning dökonlari va restoranlari oçilişi, ikki qirğoq köprik bilan boğlanişi reja qilingan. Xorijiy investorlar tomonidan moliyalaştiriladigan loyiha qiymati dastlab 10 mlrd dollarga baholanayotgandi.