Hindistonda halokatga uçragan Boeing Dreamliner samolyotining kamida bir nafar yölovçisi omon qoldi, deb xabar bermoqda ANI agentligi Ahmadobod politsiyasi boşliğiga tayanib.
Bungaça Ahmadobod şahri politsiyasi komissari G. Malik «aviahalokatdan omon qolganlar borga öxşamayotgani»ni aytgandi. Ammo kunning ikkinçi yarmida u jurnalistlarga qutqaruvçilar tirik qolgan bir yölovçini topganini tasdiqladi.
Uning sözlariga köra, bu qulagan layner bortida 11A örindiqda bölgan yölovçi Vişvaşkumar Rameşdir. U «ayni vaqtda şifoxonada va davolanmoqda».
40 yoşli Rameş Hindustan Times naşriga samolyot havoga kötarilganidan öttiz soniya ötib «kuçli şovqin» eşitgani, keyin esa «samolyot yerga urilgani»ni aytib berdi.
«Barçasi juda tez röy berdi. Örnimdan turganimda atrofimda jasadlar bor edi. Qörqib ketdim. Örnimdan turib, yugurdim. Atrofimda samolyot parçalari bor edi. Kimdir meni uşlab, tez yordam maşinasiga ötqazib, şifoxonaga olib ketdi», – degan u.
Air India aviakompaniyasining Ahmadobod şahridan Londonga uçayotgan Boeing 787-8 Dreamliner yölovçi samolyoti 12 iyun kuni tuşdan keyin Hindiston ğarbidagi Gujarot ştati hududida halokatga uçradi. Halokat layner aeroportdan uçib ketganidan köp ötmay sodir bölgan. Samolyot turar joy binolari joylaşgan hududda şifokorlar yotoqxonasi binosiga qulagan.
Samolyot bortida 242 kişi – 230 yölovçi, ikki uçuvçi va ekipajning 10 nafar a’zosi bölgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, halokat joyida 204 kişining jasadi topilgan. Samolyot tibbiyot oliygohi yotoqxonasi ustiga qulagani tufayli u yerda ham qurbonlar bor.








