Toşkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengaşi majlisi doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Standard Chartered, International Hospitals Group, LVMH, Airbus kabi Yevropaning qator yetakçi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Davlat rahbari forumda Yevropa davlatlaridan iştirokçilar sonining köpaygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta’kidladi.

Yevropa mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi, qöşma korxonalar soni va investitsiyalar portfeli köpayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm almaşinuvlari yölga qöyilgan.

Standard Chartered kompaniyasi rahbari Saif Malik bilan kiçik biznes va infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş, şuningdek, Özbekiston banklari tomonidan yangi kredit liniyalarini özlaştiriş böyiça şeriklikni kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi.

International Hospitals Group boşqaruvi raisi Çester King bilan klinika quriş rejalari, şuningdek, Özbekistondagi köp tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy şeriklik asosida boşqariş masalalari muhokama qilindi.

Toşkent-sitida LVMH flagman dökonini oçişni tezlaştiriş muhimligi qayd etildi. Şuningdek, Özbekistondagi ipak va tabiiy xomaşyo işlab çiqaruvçilarni kompaniyaning ta’minot zanjiriga kiritiş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Airbus kompaniyasining Yevropadagi prezidenti Yohan Pelise bilan suhbatda aviatsiya sohasidagi şeriklikni kengaytiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Uzoq muddatli hamkorlik dasturini qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.

LVMH Moët Hennessy — Louis Vuitton — fransuz transmilliy kompaniyasi bölib, Christian Dior, Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Moët & Chandon, Hennessy, Chaumet va boşqa brendlar ostida haşamatli mahsulotlar işlab çiqaradi. Boş qarorgohi Parijda joylaşgan.