AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kubada joylaşgan Guantanamo harbiy bazasidagi rejimi kuçaytirilgan qamoqxonaga 9 ming noqonuniy migrantni jönatişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi The Washington Post (WP).

Naşr manbalari sözlariga köra, migrantlar harbiy baza qamoqxonasiga jönatilişi uçun yetarli darajada soğlom yoki yöqligini aniqlaş uçun tibbiy körikdan ötkaziladi. Yuborilişi rejalaştirilganlar orasida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Belgiya, Niderlandiya, Litva, Polşa, Turkiya va Ukraina hamda boşqa mamlakatlarning yuzlab fuqarolari bor. Şu bilan birga, WP suhbatdoşlarining qayd etişiça, Vaşington öz qarori haqida hatto ittifoqçi davlatlar hukumatlarini ham xabardor qilişni rejalaştirmayapti.

Yanvar oyida Tramp Guantanamo qamoqxonasiga 30 mingga yaqin migrantni yuborişini aytgan edi. Şu bilan birga, qamoqxona şunçalik köp yangi mahbuslarni siğdira oladimi yoki yöqmi, noma’lum, çunki hozirgaça u bir neça yuz kişini saqlagan va AQŞ harbiylari çodirlar yordamida atigi 3 mingdan ortiq qöşimça joy taşkil qilişga muvaffaq bölgan.

Oq uy rasmiylarining tuşuntirişiça, minglab migrantlarni Kubadagi harbiy bazaga jönatiş Trampning noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş bilan boğliq AQŞ tarixidagi eng katta jarayonni boşlaş va’dasi tufayli tölib ketgan hibsxonalarda joy böşatiş uçun zarur.