13 iyun tongida Isroil armiyasi Eronning yadro va harbiy infratuzilmasiga qarşi amaliyot boşladi. Tehron, Natanz va Xondobdagi portlaşlar Eronning yadro dasturi va harbiy elitasiga katta zarba böldi. Oyatulloh Xominaiy qasos va’da qildi.

Tehron aholisi katta portlaş ovozlarini eşitdi. Davlat televideniyesi bu portlaşlardan keyingi holatni yoritib, Tehron atrofidagi olimlar şaharçasi va yadro inşootlari ustidan tutunlar çiqayotganini namoyiş etdi.

Isroil armiyasi bu operatsiyani «Eronning yadroviy qurol işlab çiqariş salohiyatini jilovlaş uçun zarur oldindan ogohlantiruvçi hujum» deb atadi. Hujumlar Natanzdagi yadro boyitiş markazi, ballistik raketa infratuzilmasi, olimlar yaşayotgan hududlar, qurol omborlari va harbiy laboratoriyalarga qaratilgan.

Katta figuralarga hujum

“Tasnim” axborot agentligi Eron yadro dasturida faoliyat yuritgan ikki yetakçi olim – Muhammad Mahdi Tehronçi va Faridun Abbosiy, şuningdek, Eron Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği general-mayor Muhammad Bagiriy, Islom inqilobi qöriqçilar korpusi qömondoni general Husayn Salamiyning ölimi haqida xabar berdi.

Isroil hujumning birinçi tölqinini aynan yuqori darajadagi rahbariyatni yöq qilişga qaratgan körinadi.

AQŞ: Bizning aloqamiz yöq

Donald Tramp rahbarligidagi Oq uy juma kungi jadvalda Milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişini belgiladi. Şunga qaramay, Tramp hozirça heç qanday bayonot bermadi. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa Isroilning uşbu operatsiyasida AQŞ qatnaşmaganini aytdi.

«Tungi hujumda Isroil mustaqil harakat qildi. AQŞning bu hujumlarga aloqasi yöq va asosiy ustuvorligimiz bu mintaqadagi amerikalik harbiylarni himoya qilişdir», dedi Amerikaning boş diplomati. Şuningdek, Rubio Eronni AQŞ manfaatlari yoki xodimlariga hujum qilmaslik haqida ogohlantirdi.

Bir neça kun oldin AQŞ Yaqin Şarqdagi elçixonalari va bazalardan xodimlar va ularning oilalarini evakuatsiya qilişni boşlagan edi. Bu esa Vaşingtonning Isroil zarbalaridan oldindan xabardor bölganini anglatadi.

Eron Isroilga javob beradimi?

Eron Islom Respublikasi mamlakat havo hududini yopdi. Oliy rahbar oyatulloh Xominaiy Eron bu jinoyatni javobsiz qoldirmasligini aytib çiqdi.