Yaqin kunlarda hindistonlik tergovçilarga AQŞ va Britaniya ekspertlari qöşiladi, ular Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti havoga kötarilganidan köp ötmay, Sardor Vallabxay Patel xalqaro aeroportidagi uçiş-qöniş yölagidan 1,5 km uzoqlikda qulaşi sabablarini aniqlaşga harakat qiladi. BBC naşri 12 iyun kuni yuz bergan dahşatli aviahalokat tafsilotlarini tahlil qilişga urinib kördi.
Bu Dreamliner samolyotlarining 2011 yilda tijorat xizmatiga kirganidan beri ilk halokatidir. Halokat oqibatida samolyot sahnidagi 241 kişi, şuningdek, yerdagi odamlar ham qurbon böldi. Samolyotdagi faqat bir nafar yölovçi omon qoldi.
BBC naşri aviatsiya mutaxassislari va hindistonlik uçuvçilar bilan suhbatlaşdi, ular samolyotning Ahmadoboddagi turar-joy binolari ustiga qulaşiga qanday omillar sabab bölganini aniqlaşga harakat qildi.
Havoga kötarilişdagi muammo
Samolyotni kapitan Sumit Sabxarval va yordamçi uçuvçi Klayv Kundar boşqargan edi. Ikkalasi ham tajribali uçuvçi, umumiy parvoz vaqti 9000 soatdan ortiq. Sabxarval tijorat uçuvçisi sifatida 22 yildan ortiq tajribaga ega edi.
Samolyot bortida 242 kişi bölgan. Samolyot Ahmadobod aeroportidan mahalliy vaqt bilan 13:39 da uçdi. Hindiston içki işlar vaziri Amit Şohning aytişiça, samolyot yoqilği bilan töliq töldirilgan, uning baklarida 100 tonna yoqilği bor edi.
Hindiston rasmiylariga köra, uçuvçilar parvozdan köp ötmay avariya signalini yuborişgan. Keyin samolyot bilan aloqa yöqotildi. Favqulodda vaziyat haqidagi signalga nima sabab bölgani noma’lum, biroq omon qolgan yagona yölovçi samolyot balandlikka kötarilayotganda qattiq şovqinni eşitganini aytdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda samolyotning turar-joy hududidan past balandlikda uçayotgani aks etgan. Uzatilgan sönggi ma’lumotlar samolyot 625 fut (109 m) balandlikka kötarilganini körsatadi. Keyin samolyot pasayib, daraxtlar va binolar ortida ğoyib böladi va olov bilan qora tutun kötariladi. Videokuzatuv kameralari tasvirida samolyot 30 soniya davomida havoda bölganini köriş mumkin.
Ikki dvigatelning işdan çiqişi haqidagi «juda kam uçraydigan» taxminlar
Faqat videolavhalar asosida halokat sababini aniqlaş deyarli imkonsiz. Yaqin kunlarda katta tekşiruv boşlanadi, jumladan, parvozni qayd qiluvçi qurilmalarni tekşiriş va bölaklarni ekspertizadan ötkaziş. Mavjud lavhalarda samolyot yerdan juda oğir kötarilganini köriş mumkin.









