AQŞ mudofaa vaziri Piter Hegset Fox telekanaliga bergan intervyusida AQŞ özining dronlarga qarşi mudofaa tizimini Ukrainadan Yaqin Şarqqa köçirganini aytdi.

«Kongressda menga şu haqda savol berişdi va men: «Ha, köçirdik», deb javob qaytardim», dedi Hegset.

Uning tuşuntirişiça, zamonaviy uruş va milliy mudofaa özgargan va Qöşma Ştatlar nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda öz fuqarolarini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlardan foydalaniş niyatida. «Kiçik tizimlar» jiddiy xavf tuğdirişi mumkinligiga qaramay, AQŞ bunga tayyor.

«Ha, uruş tuşunçasining özi köz öngimizda özgarmoqda: dronlarga qarşi texnologiya haqiqatan qörqinçli. Lekin bizda kerakli odamlar bor», deb işontirdi Hegset.

The Wall Street Journal gazetasining 5 iyun kuni xabar berişiça, Qöşma Ştatlar Hegsetning buyruği bilan Ukrainaga yetkaziş uçun möljallangan maxsus raketa uskunalarini Yaqin Şarqdagi Amerika harbiy havo kuçlariga yönaltirgan. Pentagon rahbari öz qarori haqida Kongressni «ortiqça şovqinsiz» xabardor qilgan.

8 iyun kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga berişga va’da qilgan 20 ming dona dronga qarşi raketalarni Yaqin Şarqqa yuborganini e’lon qildi.