Isroilning hujumlari AQŞ–Eron muzokaralarini batamom yöqqa çiqarişi mumkin. Bemisl bosim ostidagi Eron muzokaraga qaytadimi? Mintaqaning boşqa davlatlari bu konfliktga qanday munosabat bildiryapti? Kun.uz studiyasida – siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov, Şavkat Ikromov va Şuhrat Rasul şarhi.
Şavkat Ikromov: Eronning dasturi böyiça AQŞ bilan muzokaralari bevosita Isroil manfatlari bilan boğliq. Donald Tramp muzokaralar davomida Eron tomonidan munosib javobni 60 kun kutamiz va bizning şartlarimizga rozi bölişi kerak degan. Aytilgan muddat tugab, 61-kun, ya’ni 13 iyundan boşlab harbiy harakatlar boşlanib ketdi.
Muzokaralar davom etişi hozir söroq ostida turibdi. Lekin şunaqa ma’lumotlar borki, Eron uruşni uzoq davom ettira olmaydi. Isroil har qanday harakatlarini AQŞ bilan hamkorlikda olib boradi va Eron bu uruşdan çiqiş uçun ham avval Qöşma Ştatlar bilan kelişuvga erişişi kerak.
Şuning uçun ham Eron nomaqbul şaroitlarda yadroviy muzokaralarga qaytişi mumkin. Lekin Eron tomonidan hozir berilayotgan ma’lumotlarda yadroviy muzokaralar ma’lum vaqt töxtaydi deyilyapti. Harbiy tazyiqqa uçragan Tehron bunday şaroitda muzokaralarni davom ettirmaydi degan fikrdaman.
Kamoliddin Rabbimov: Saudiya taşqi işlar vaziri Isroilning hujumini oqlab bölmas, oçiq-oydin va öta qaqşatqiç agressiya deb ta’rifladi. Saudiya Arabistoni Eronning tarafini olmayapti, aksinça Ar-Riyod özidan qörqa boşladi, çunki bu operatsiya orqali agar şunday qudratli bölgan Eron qaqşatqiç zarbaga uçratayotgan bölsa, masofa va joylaşuv jihatdan Isroilga yaqin Saudiya ham kun kelib Tel-Avivning bunday zarbalariga uçramasligini heç kim kafolatlamagan.
Saudiya Arabistoni mintaqadagi arab davlatlarining lideri va aksariyat hukumatlar unga ergaşadi. Turkiya ham juda qattiq bayonot beryapti. Çunki Yaqin Şarqda keyingi bir yarim yildan ortiq vaqt mobaynida Ğazoda bölgan holat bularning köpining közini oçdi aslida. Isroilning asosiy maqsadi – bosqiçma-bosqiç katta Isroil davlatini taşkil qiliş.









