Messenjer tomonidan avtomatik körsatiladigan bu reklamalarning Kun.uz tahririyatiga heç qanday aloqasi yöq. Biz ularning obunaçilarimizga körsatilişini çeklaş imkoniyatiga ega emasmiz. Bu reklamalar faqatgina Telegram Premium obunaçilariga körinmaydi.
📌 Kun.uz'ning rasmiy reklamalari bilan Telegram reklamasini qanday ajratiş mumkin?
Kun.uz tomonidan joylanadigan reklama postlarida quyidagilar böladi:
🔹 Post oxirida “Reklama” belgisi böladi;
🔹 Kontent matni, uslubiyati va dizayni Kun.uz sahifalariga xos böladi;
🔹 Mahsulot yoki xizmat haqida aniq, oçiq-oydin ma’lumot böladi;
🔹 Reklama e’lonlari Kun.uz sahifasi dizayniga mos surat yoki videorolik bilan çiqadi;
🔹 Barça obunaçilarga (şu jumladan Telegram Premium a’zolariga ham) bir vaqtda körinadi;
🔹 Kanal lentasida doimiy qoladi.

Telegram'ning öz reklama dasturi doirasidagi e’lonlarda esa:
🔻 Köpinça post yuqorisi yoki pastida “Sponsored” deb yoziladi.
🔻 Post matni Kun.uz uslubidan keskin farq qiladi.
🔻 Şubhali mahsulotlar, noma’lum xizmatlar taklif etilişi mumkin.
🔻 Ular kanaldagi oxirgi postdan keyin (ba’zan postlar orasida ham) paydo böladi va foydalanuvçining joylaşuvi yoki qiziqişlariga asoslangan bölişi mumkin;
🔻 Barça obunaçilarga bir vaqtda körinmasligi mumkin;
🔻 Kanal lentasida saqlanmaydi.










