Prezident Şavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Ostona şahrida «Markaziy Osiyo - Xitoy» ikkinçi sammitida iştirok etdi.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev raisligida ötgan tadbirda Xitoy raisi Si Jinping, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşdi.
Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni ustuvor yönalişlarda kengaytiriş istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar körib çiqildi.
Özbekiston prezidenti nutqining avvalida Xitoy raisi Si Jinpingning Markaziy Osiyo davlatlari bilan döstlik va hamkorlikni mustahkamlaş, aniq loyiha va dasturlarni amalga oşiriş orqali mintaqaning barqaror taraqqiyotini qöllab-quvvatlaşdagi örnini alohida ta’kidladi.

– Bizningça, bir tomondan, işonç, yaxşi qöşniçilik va şeriklik makoniga aylangan Markaziy Osiyoning özidagi çuqur transformatsiya jarayonlari, boşqa tomondan, Xitoy rahbariyatining qöşni davlatlar bilan döstona munosabatlarni rivojlantiriş va «Belboğ va yöl» global konsepsiyasini ilgari surişga qat’iy sodiqligi uşbu formatdagi hamkorlikning rivojlanişiga imkon bermoqda, dedi davlat rahbari.
Söng Özbekiston yetakçisi mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça öz nuqtai nazarini bayon qildi.
– Nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qiliş uçun kuç işlatiş vositalaridan foydalaniş özini oqlamaydi va bunga yöl qöyib bölmaydi, deb hisoblaymiz, dedi prezident. - Barça nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qiliş, xalqaro huquq me’yorlari va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti nizomi asosida faqat diplomatik sa’y-harakatlar yöli bilan – muzokaralar stolida hal etilişi şart.
Özbekiston yetakçisi ta’kidlaganidek, Xitoy bilan savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik Markaziy Osiyoning barça mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş strategiyalarini amalga oşirişda kuçli lokomotiv bölib xizmat qilmoqda.
Yangi iqtisodiy şeriklik dasturini tez fursatda qabul qiliş hamda Boş vazir örinbosarlari darajasida Savdo va investitsiyalar böyiça hududlararo kengaşni ta’sis etiş bu boradagi amaliy qadam böladi. Özbekiston tomoni kengaşning birinçi yiğilişini joriy yil oxirigaça ötkazişga tayyorligi bildirildi.













