Eronning Fordodagi uran boyitiş zavodi jiddiy zarar körgan yoki hatto vayron bölgan bölişi mumkin. Bunday bahoni Maxar tijorat kompaniyasi tomonidan olingan obektning sun’iy yöldoş tasvirlarini közdan keçirgan bir neça ekspertlar berdi, deb xabar qildi Reuters 23 iyun, duşanbaga ötar keçasi.

Tasvirlarda zavodning yerosti qismi tepasida joylaşgan deb hisoblangan toğ tizmasidagi oltita çuqurlik körsatilgan bölib, u yerda, aftidan, uranni boyitiş uçun sentrifugali yerosti ustaxonalari joylaşgan. «Men bu qurilma yöq qilingan bölsa kerak, degan xulosaga kelgan bölardim», — deya BMTning yadro quroli böyiça sobiq inspektori, Vaşington fan va xalqaro xavfsizlik instituti rahbari Devid Olbraytdan iqtibos keltiradi agentlik.

Öz navbatida, 22 iyun kuni jurnalistlar bilan suhbatda AQŞ ştablar boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Den Keyn, dastlabki hisob-kitoblarga köra, Fordodagi yadro inşooti öta jiddiy zarar körganini aytdi. Biroq u yerda joylaşgan yadroviy inşootlarga zarar yetgani haqida fikr bildirişdan boş tortdi.

Xabar e’lon qilingan vaqtda Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA)da Fordo yadroviy inşootidagi zarar kölami haqida ma’lumot yöq edi. Avvalroq, 22 iyun kuni agentlik AQŞning Eron yadroviy inşootlariga hujumidan söng radiatsiya darajasi oşgani böyiça belgilarni topmaganini ma’lum qilgandi.

22 iyunga ötar keçasi AQŞ armiyasi Eronning uçta yadroviy obektiga zarba berdi. B-2 bombardimonçi samolyotlari Fordo zavodiga, ehtimol, ön ikkita 13,6 tonnalik bunker bombasi bilan hujum qildi va yana ikkita bunday bomba Natanzga taşlandi. Suvosti kemalari Natanz va Isfaxondagi obektlarga 30 ta «Tomagavk» raketasini uçirdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp xalqqa murojaatida Eronning uran boyitiş böyiça eng muhim inşootlari yöq qilinganini aytdi. Eron AQŞ zarbalarini tasdiqladi, biroq obektlarga jiddiy zarar yetmaganini ma’lum qildi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi AQŞning Eronga bergan zarbalarini qoraladi.