Boston Consulting Group (BCG) 24 iyun kuni global boylik dinamikasi (barça aktivlar qiymati) böyiça özining an’anaviy Global Wealth Report 2025 yillik hisobotini e’lon qildi.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yilning oxiriga kelib, dunyodagi umumiy boylik miqdori 305 trillion dollarga yetgan. Bu 2023 yilga nisbatan 4,4 foizga köp, biroq oldingi beş yildagi örtaça yillik ösiş sur’atidan 5,1 foizdan kam.

Asosiy ösiş moliyaviy aktivlar hisobidan ta’minlangan bölib, ötgan yili köplab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorlaridagi ijobiy holat tufayli 8 foizga ösgan.

Mintaqalar orasida boylikning eng sezilarli ösişi Şimoliy Amerikada qayd etilgan – 15,3 foiz. Ikkinçi örinda Osiyo-Tinç okeani mintaqasi (+10,7 foiz), uçinçi örinda Markaziy Osiyo-Şarqiy Yevropa mintaqasi (+8,4 foiz).

Ötgan yili eng yomon körsatkiç Lotin Amerikasida (-9,3 foiz) va hisobotda alohida mintaqa sifatida körsatilgan Yaponiyada (+1,9 foiz) qayd etilgan.

BCG tahlilçilarining ta’kidlaşiça, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi kelgusi yillarda katta ösiş salohiyatiga ega — 2029 yilgaça örtaça yillik ösiş taxminan 9 foizni taşkil etişi kutilmoqda, bu Şimoliy Amerika (+4 foiz) va Ğarbiy Yevropadan (+5 foiz) yuqori.