Qonunga köra, bank faoliyatini tugatiş ixtiyoriy yoki majburiy tugatiş şaklida amalga oşirilişi mumkin.
Agar bank tölovga qobiliyatsiz bölmasa yoki uning tölovga qobiliyatsizligi yuzaga kelişi ehtimoli yuqori bölmasa, u ixtiyoriy tugatilişi mumkin.
Bankni ixtiyoriy tugatiş Markaziy bankning roziligiga asosan amalga oşiriladi.
Agar bank tizimli ahamiyatga molik deb e’tirof etilmagan bölsa, u “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi qonunda nazarda tutilgan hollarda majburiy tugatilişi mumkin.
Bankni majburiy tugatiş Markaziy bank boşqaruvining litsenziyani çaqirib oliş va bankni majburiy tugatiş töğrisidagi qarori asosida amalga oşiriladi.
Bankni majburiy tugatiş suddan taşqari va sud tartibida amalga oşirilişi mumkin.
Bankni majburiy tugatiş jarayonida majburiy tugatilayotgan bankning aktivlari hamda majburiyatlarini boşqa bankka ötkaziş va (yoki) bankning aktivlarini sotiş vositalaridan foydalaniladi.









