Sanatsiya qiliş töğrisida qaror qabul qilinguniga qadar Markaziy bank bankning aktivlari va majburiyatlari, şuningdek balansdan taşqari moddalari baholaşdan ötkazilişini ta’minlaydi.
Baholovçi Markaziy bankka quyidagilarni öz içiga olgan xulosani taqdim etadi:
🔹 bankni sanatsiya qiliş boşlangan kunda mazkur bankni majburiy tugatiş taşabbus qilingan bölsa, sanatsiya qilinayotgan bank aksiyador va kreditorlari körişi mumkin bölgan zararlarning miqdori;
🔹 sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari körgan haqiqiy zararlar miqdori;
🔹 yuqorida körsatilgan zararlar örtasidagi farq.
Markaziy bank hamda Omonatlarni kafolatlaş agentligining qöşma qarori asosida sanatsiya qiliş jamğarmasi taşkil etiladi.
Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bank tuzgan şartnomalar böyiça uning tölov va ötkazmalarga doir muayyan majburiyatlarini 6 haftadan köp bölmagan muddatga töxtatib turişga haqli.








