Fuqaro J.M. Bo‘ston tumani hokimining qaroriga asosan “B.N.” MChJga gidroponika usulida issiqxona qurilishi uchun ajratilgan 2,5 gektar yerni noturar yer toifasidan 2 sotixli uy-joy qurish uchun turar joy toifasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga 44 ming dollar talab qilib, kelishilgan pul hisobidan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.