Joriy yil 24-aprel kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida “Credit House” va “Infin Story Invest” quriliş korxonalari mansabdorlariga nisbatan sud hukmi öqilgandi.

Hukm ustidan kiritilgan şikoyat böyiça şu yil 25-iyundan Toşkent şahar sudi apellyatsiya instansiyasida işni köriş boşlangandi.

Oradan 2 oy vaqt ötib, Oliy sud raisi birinçi örinbosari Alişer Usmonovning körsatmasi bilan uşbu jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun Toşkent viloyat sudiga ötkazilgan.

Kun.uz bilan boğlangan jabrlanuvçilardan birining aytişiça, sud jinoyat işining bir hududdan boşqasiga ötkazilişi sabablarini tuşuntirib ötirmagan.

Jinoyat işi böyiça minglab jabrlanuvçilarning aksariyati Toşkent şahrida istiqomat qiladi. Bu bizga qöşimça noqulayliklar tuğdirişi aniq, deydi fuqaro.

Eslatib ötamiz, 2025-yilning eng şov-şuvli firibgarlik işi deya taʼrif berilgan “Credit House” işi böyiça 9 kişi jinoiy jazoga tortilgan.

Sud hukmiga köra, sudlanuvçilarga quyidagiça jazo tayinlangan:

  • Hikmatullayev Bahrom Behzod öğli – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari (firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (aldaş yoki işonçni suiisteʼmol qiliş yöli bilan mulkiy zarar yetkaziş), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiisteʼmol qiliş) böyiça aybli deb topilib, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
  • Şamsiddinov Alişer Muhammadiyeviç – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari bilan aybli deb topilib, BHMning 234,5 baravari miqdorida jarima jazosi;
  • Tolipova Klara Nodir qizi – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari böyiça aybli deb topilib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazo şartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi;
  • Mirkamolov Ğayrat Rixsiyeviç – Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi, 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari böyiça aybli deb topilib,