Buyuk Britaniya Içki işlar vazirligi ukrainalik qoçoqlarga ular öz vatanining jangovar harakatlar olib borilmayotgan «nisbatan xavfsiz hududlariga» qaytişlari mumkinligi tuşuntirmoqda, deb yozadi The Guardian. Idora şu asosda ularga boşpana berişni rad etyapti.

IIV rad javobini bergan xatlarda qayd etilişiça, harbiy mojarolar bilan boğliq xavflar BMTning Qoçqinlar maqomi töğrisidagi konvensiyasiga kirmaydi. Tuşuntirilişiça, ayni paytda öz mamlakatida qaşşoqlikdan qoçiş uçun ular BMTning Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligi boşqarmasi va mahalliy taşkilotlarga murojaat qilişlari mumkin.

Sterling Law yuridik kompaniyasining gazetaga ma’lum qilişiça, yanvar oyida vazirlik Kiyev va Ukrainaning ğarbiy hududlari yaşaş uçun «umuman xavfsiz» deya keltirilgan tavsiyalarni çiqargan.

Hozirda ukrainaliklar Buyuk Britaniyada vaqtinçalik viza dasturi böyiça 18 oy yaşay oladi. Qirollikda Homes for Ukraine dasturi amalda bölib, u volontyorlarga ukrainalik qoçoqlarga boşana beriş imkoniyatini taqdim etadi.

Mamlakatga kelgan ukrainaliklarga işlaş va imtiyozlardan foydalanişga ruxsat etiladi, bolalar esa mahalliy maktablarga bora oladi. IIV ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniya Ukrainadan kelgan 300 mingdan ortiq qoçoqqa yordam körsatgan.

Avvalroq Şveytsariya ukrainalik qoçoqlar uçun yangi qoidalarni joriy etayotgani töğrisida xabar berilgandi. Unga köra, qoçoq maqomini olgan ukrainaliklar endi yarim yil davomida Ukraina hududida 15 kundan ortiq qoladigan bölsa, uşbu maqomdan mahrum etiladi.