Toşkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda yoş bola poyezd yöliga itarib yuborilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, 26 iyun sanasi soat taxminan 18:00 da metropolitenning «Paxtakor» bekatida harakat tarkibidan tuşiş çoğida yölovçilardan biri (3 yoşli qiz) hamrohining etiborsizligi natijasida vagon eşigiga oyoğini qisib olgan. Şundan söng, zudlik bilan unga birinçi yordam körsatilgan va tez tibbiy yordam xizmati çaqirtirilgan.
Holat yuzasidan yölovçiga heç qanday oğir jarohat yetmagan.
«Tarmoqda tarqalayotgan «Yoş bolani itarvorişdi» mazmunidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi va bu xabarlar yolğon ma’lumotdir», — deyiladi munosabatda.
Poytaxt metropoliteni yölovçilaridan harakat vaqtida yoş bolalariga e’tiborli bölişlarini söradi.
Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoq faollaridan bu kabi öz tasdiğini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, yolğon ma’lumot tarqatilgani uçun qonunçilikda javobgarlik borligi eslatib ötildi.












