Jumladan, uşbu mamlakatning Afghanistan milliy TV va Ishonch TV telekanallari hamda Tolo news axborot agentligi tomonidan mazkur tadbirga bağişlangan teledasturlar va maqolalar e’lon qilindi.
Tolo news axborot agentligi tarqatgan maqolada Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Dehlida bölib ötgan "Markaziy Osiyo –Hindiston" törtinçi vazirlar uçraşuvi va işbilarmonlar kengaşi yiğilişida Transafğon loyihasi mintaqa mamlakatlari uçun muhimligini ta’kidlagani qayd etilgan.
"Özbekiston TIV rahbari mazkur loyiha Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi eng qisqa transport yönalişiga aylanişi va mintaqa davlatlarining savdo-sotiq hajmini oşirişga zamin yaratişi mumkinligini aytib ötdi", – deyilgan naşrda
Maqolada yozilişiça, mazkur loyiha Afğoniston hududi böylab 573 kilometrni taşkil etadi va mamlakat loyihaning amalga oşirilişidan manfaatdor. "Mahalliy iqtisodiy ekspertlar, Transafğon loyihasining amalga oşirilişini savdo, tranzit va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim qadam deb hisoblamoqda. Xususan, iqtisodiy tahlilçi Mir Şokir Yoqubiyning aytişiça, uşbu loyiha Afğonistonni mintaqadagi iqtisodiy ahamiyatini oşiradi va qöşni davlatlar bilan savdo aloqalarini mustahkamlaydi. Afğonistonning bir neçta çeklangan portlarga qaramligini kamaytiradi va yirik global bozorlar va portlarga kirişni osonlaştiradi".
Afğoniston OAV Transafğon loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyoni dunyoning boşqa mintaqalari bilan tranzit orqali boğlaşga qaratilganini, uning qiymati salkam 7 milliard AQŞ dollariga baholanayotganini va loyiha 2027 yilda işga tuşirilişi rejalaştirilganini ma’lum qilgan.











