KJÇ. 1/8 final
«PSJ» — «Inter Mayam«» 4:0
29 iyun. Atlanta. «Mersedes-Bens Arena»
Gollar: Neveş (6, 39), Aviles (44, avtogol), Hakimi (45+3).
«PSJ» — Donnarumma, Hakimi (Li Kan In, 69), Markinos (Beraldo, 46), Paço, Mendeş (Ernandes, 69), Vitinya, Neveş (Dembele, 61), Ruis (Zair-Emeri, 46), Kvaratsxeliya, Due, Barkolya.
«Inter Mayami» — Ustari, Veygandt, Falkon, Allen (Aviles, 19), Alba, Allende, Redondo, Buskets, Segoviya (Kremaski, 75), Messi, Suares.
Ogohlantirişlar: Aviles (20), Veygandt (42), Suares (74).
Bu öyin katta qiziqiş bilan kutilgandi. Lionel Messi sobiq jamoadoşlariga qarşi — klublar örtasidagi jahon çempionati 1/8 final bahsi uçun jozibador afişa. Ammo öyindan intriga kutganlarning hafsalasi pir böldi.
Amerika klubi safida barça nomdor legionerlar — Jordi Alba, Serxio Buskets, Messi va Luis Suares boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi. Alba uçun bu turnirda ilk bor ilk daqiqalardan öynaşi edi.
Messi öyin oldidan Parijdan ötkazilgan davri haqida yana bir bor hasrat qildi. U fransuz klubidagi biror kundan qoniqiş hosil qilmagani haqida gapirdi. Jurnalistlar öyin oldidan «PSJ» ustozi Luis Enrikedan Leoni qanday qilib töxtatmoqçiligi haqida söraşdi. Murabbiy kamtarlik bilan bu işni bir futbolçi bilan amalga oşirib bölmasligini aytdi.
Öyin Yevropa çempionlarining katta ustunligi bilan boşlandi. Xviça Kvaratsxeliya ikki raqibni ortda qoldirib, Bredli Barkolyani qulay vaziyatga çiqardi — darvozabon Oskar Ustari zarbani qaytardi. Ammo bir neça daqiqa ötib argentinalik posbon ham ojiz qoldi. Bu safar Joau Neveş Vitinya jarima zarbasidan keyin olis ustun oldiga yetkazib bergan töpni boşi bilan darvoza töriga joylab qöydi. «Inter Mayami» atigi yetti daqiqa bardoş berdi. Messi bunday startni kutmagani tayin edi.
Ammo Florida klubining muammosi bu bilan çeklanmadi. 21 yoşli himoyaçi Noa Allen belidan jarohat olib maydonni erta tark etdi, uning örniga tuşgan Tomas Aviles esa darhol qöpollik işlatib, sariq kartoçka oldi.
Keyin esa heç kim kutmagan futbolçi jamoani uyaltirdi. Tajribali Serxio Buskets jarima maydoni yaqinida töpni oldirib qöydi — «PSJ» keçirmadi.

Barkolya iştirokida davom etgan hujum yakunida Fabian Ruis töpni Neveşga uzatdi, u esa osonlik bilan dublni rasmiylaştirdi. Şu tariqa, 39-daqiqadayoq amalda öyindagi intrigaga barham berildi. Bu vaqtga kelib Messi 10 marta ham töpga tegina olmagandi.












