Janubiy Koreya – özbekistonliklar işlaş uçun eng köp boradigan 4-mamlakat. Uni “Ikkinçi Amerika” yoki “Şarqdagi AQŞ” deyişadi. 70 yil oldin qaşşoq, avtoritar rejimli bölgan davlat qanday qilib dunyoning iqtisodiy monstriga aylana oldi? SUBYEKTIV koreys mamlakatining janubidan Şimoliy Koreya çegarasigaça, eng qaşşoq mahallalaridan hatto prezident saroyigaça borib, tasavvurlarimizdagi va haqiqiy Koreya örtasidagi farqlarni soliştiradi.
Nima uçun bu davlatni tanlaşadi? Yaxşi maoşlari uçunmi? Iş topiş osonmi? Yoki şunçaki boriş uçun qiziq davlatligi sababmi? Javoblar hammada har xil bölişi tabiiy. Lekin asl haqiqat doim bitta. Bugun siz Koreyaga sayohat haqidagi körsatuvni emas, bu davlatga nega keliş yo kelmaslik kerakligini tuşunib olasiz. Sizlarga barça qartalarni oçamiz, tanlovni esa özingiz qilasiz.

Koreyadagi özbek diasporasi kiçik emas, 100 ming nafardan oşadi. Vatandoşlarimiz asosan sanoat, quriliş va xizmat körsatiş sohalarida işlaşadi. Yana ikki toifa vakillari borki, ularga qançalik qiyinligini şu yerga kelib bildik. Bular – talabalar va noqonuniy muxojirlikka çiqib ketganlar. Bu yerda mehnat qilib pul topişning maşaqqatini his qiliş uçun özimiz ham işlab körişim kerak edi. Rosa suriştirib, “buziş” deyiladigan kunlik iş topdik.

Işlaş, Koreyani aylaniş davomida juda köp yurtdoşlarimiz bilan suhbatlaşdik. “Arbayt”, “tekpe” deb nomlanadigan kunlik işlar, kemasozlik, tarvuzçilikdagi mehnatning oğirligini 10 ta odamdan eşitganimizda ham ssenariyga kiritmagan bölardik. “Koreyani jannat qilib körsatayotgan blogerlardan intervyu olmang”, “haqiqiy hayotimizni körsating”, “oyiga uç ming dollar topasan, deb endi maktabni tugatgan yoşlarni aldab olib kelayotgan konsalting firmalarini gapiring” deganlar juda köp böldi.
Ham ilm, ham işni baravar eplolmay, yaxşi öqişlarini taşlab, noqonuniy maqomga çiqib ketayotgan yoşlar ham köp ekan. Ular özlarinikini bir çetga surib, butun oilasining orzu-havaslari deb, mana şunday oğir şaroitlarda mehnat qilişayotgani, lekin maşaqqat-qiyinçiliklarini uydagilariga sezdirmaslikka harakat qilişlarini aytişadi. Yaxşi pul topayotgandek körinayotgan bu maqomdagilarning huquqlari himoyalanmaydi. Ular doim immigratsiya xizmati qoçib işlaşadi. Huddi bizning kameralarimizga tuşib qolişni istaşmagandek. Soğliğiga biror ziyon yetsa, davolaniş juda qimmatga tuşadi. Tibbiy suğurta esa faqat qonuniy muhojirlar uçun amal qiladi. Mana şunday tavakkal bilan pul topişyapti yurtdoşlarimiz. Ijtimoiy tarmoqlarida esa faqat çiroyli şaharlarda maza qilib yurişganini körsatişadi. Bularni körganlar Koreyada pul osmondan yoğsa kerak, deb öylaşadi-da.









