AQŞ öz zaxiralari hajmi bilan boğliq xavotirlar tufayli Ukrainaga raketa va öq-dori yetkazişda tanaffus joriy qildi. Harbiy yordam yetkazib beriş töxtatilgani faktini Oq uy matbuot kotibi Anna Kelli tasdiqlagan va bu qaror «Amerika manfaatlarini birinçi öringa qöyiş uçun» qabul qilinganini ta’kidlagan.
Aynan qanday qurollar yetkazib berilişi keçiktirilişiga rasman aniqlik kiritilmagan, ammo NBC News öz manbasiga tayanib yozişiça, ular qatorida — Patriot tizimi uçun önlab raketalar, şuningdek Hellfire rusumli yuzlab, Stinger rusumli önlab raketalar, GMLRS reaktiv snaryadlari, granatomyotlar va minglab oskolkali-fugasli öq-dorilar bor.
Politico gap Jo Bayden ma’muriyati davridayoq kafolatlangan qurollar haqida ketayotganini qayd etgan. Uşbu öq-dorilar Ukrainaga ikki yil davomida ikki kanal orqali yetkazib berilgan: Pentagonning hozirgi zaxiralaridan va Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi (USAI) orqali. Baydenning prezidentlik muddati tugagaç, USAI tomonidan ajratilgan barça mablağlar taqsimlandi va tizimlar tayyor bölgaç, yetkazib beriş davom etdi.
NBC News ma’lumotiga köra, yordamni töxtatiş qarori Pentagon rahbari Pit Hegset tomonidan qabul qilingan. U bir neça hafta oldin omborlardagi öq-dorilar miqdorini tekşirişni talab etuvçi memorandumni imzolagandi. Ukraina va Isroilga yordam, şuningdek, Yamandagi husiyçilarga qarşi harbiy harakatlar tufayli zaxiralar sezilarli darajada kamaygan.
Yordam yetkazib beriş qaçondan tiklanişi noma’lum. NBC News yozişiça, yordam kamida tekşiruv yakunlanguniça töxtatib turiladi, agar ular çindan ham juda qisqarib ketgani tasdiqlansa, yordam yetkazib berişdagi tanaffus yana uzoq davom etişi mumkin. Reuters Pentagon umuman bu masaladagi siyosatini özgartirişini anons qilmaganini qayd etgan.
Ta’minot töxtatilgani haqidagi xabarlar fonida AQŞ muvaqqat işonçli vakili Jon Ginkel Ukraina taşqi işlar vazirligiga çaqirildi. Diplomat bilan vazir örinbosari Maryana Betsa uçraşuv ötkazgan. Taşqi işlar vazirligining rasmiy xabarida aytilişiça, u «bosqin boşlanganidan beri körsatilgan yordam uçun AQŞga minnatdorçilik bildirgan», biroq ta’minotdagi har qanday keçikiş «tajovuzkorni uruş va terrorni davom ettirişga undaşi»ni ta’kidlagan.
Ukraina mudofaa vazirligi esa qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça tafsilotlarni aniqlaş uçun AQŞdagi hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qiliş böyiça sörov yuborilganini xabar qilgan. Vazirlikdagilar ilgari kelişilgan yordamni yetkazib beriş jadvallarini qayta körib çiqiş töğrisida hali rasmiy xabar kelib tuşmaganini qayd etgan.
Patriot raketalarini yetkazib beriş Ukraina uçun juda muhim, çunki bu Rossiya tomonidan faol qöllanayotgan ballistik raketalarni tutib olişga qodir bölgan kam sonli havo mudofaa tizimlaridan biridir. Kiyevda tizimlarning özi va ularga öq-dorilar doimiy ravişda yetişmasligi bir neça bor ta’kidlangan, bahorda prezident maslahatçisi Mixaylo Podolyak Patriot’dan foydalaniş imkoniyatining yöqolişini mamlakat uçun «alohida muammo» deb atagandi.










