Buxoro şahrida şifokor piçoq bilan qölini kesmoqçi bölgan mast fuqaroni zararsizlantirdi. Holat xonadagi kameraga muhrlangan.

Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, holat 2 iyul kuni soat 20:00 larda sodir bölgan. Buxoro şahar IIO FMB 3-son hudud profilaktika inspektori tomonidan Buxoro şahrida yaşovçi 46 yoşli Bobomurod Navrözov Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati böyiça Buxoro viloyati filialidagi mastlik holatini aniqlaş xonasiga olib kelingan.

Tibbiy körik navbatçi narkolog vraç Elbek Dilov tomonidan amalga oşirilgan.

Körik davomida fuqaro stol ustida turgan piçoqni olib, öziga jarohat yetkazişga uringan. Biroq vraç Elbek Dilov çaqqonlik va sovuqqonlik bilan mast erkak qölidagi piçoqni tortib olgan va uni zararsizlantirgan.

Erkakning harakatlari oqibatida heç kimga jarohat yetmagan.